Линклар

logo-print

Talant Razzakov: Suriyaga ketayotganlarning 80 foizi o‘zbeklar​

  • Шерзод

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi polkovnigi Talant Razzakov.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi polkovnigi Talant Razzakov.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi polkovnigi Talant Razzakov Ozodlik radiosiga bergan suhbatida Qirg‘izistondan Suriyaga “jihodga” ketganlarning va ketayotganlarning 80 foizi o‘zbeklar ekani aniqlanganini ma‘lum qildi.

Qirg‘iziston rasmiy idoralari tarqatgan xabarlarda “Islomiy davlat” jangarilari safida ayni paytda 230 qirg‘izistonlik borligi,urushda qirg‘izistonlik 30 jangari halok bo‘lgani, jangarilar safiga qo‘shilgan qirg‘iz fuqarolarining 30 nafari ayol ekani aytiladi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi polkovnigi Talant Razzakov bu ma‘lumotlarga qo‘shimcha ravishda, Ozodlik radiosiga bergan intervyusida, “Islomiy davlat”ga qo‘shilayotgan qirg‘izistonliklarning 80 foizi o‘zbeklar ekani to‘g‘risida ma‘lumotlar borligini aytdi:

- “Islomiy davlat”ga qo‘shilganlarning 80 foizi o‘zbek millatidagi Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lyapti. Bu holat bizni juda tashvishlantirmoqda. Bu masalada “qanday chora –tadbirlar ko‘rish kerak? tushuntirish ishlarini olib borish bilan cheklanish kerakmi yoki konun doirasida boshqa qat‘iyroq choralarni ko‘rish kerakmi?” degan savol ustida davlat organlari qattiq bosh qotirayapti,- deydi Talant Razzakov.

Suhbatdoshimizga ko‘ra,hozirda Qirg‘iziston kuch ishlatar tizimlari nima uchun “Islomiy davlat” safiga qo‘shilayotganlarning asosiy qismi o‘zbeklar bo‘layotgani, bunga turtki berayotgan omillar haqida tahliliy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Talant razzoqov bu boradagi bir qator taxminlarni aytib o‘tdi:

- Bizningcha, bunga birinchidan, o‘zbek yoshlari, o‘zbek jamoatchiligi orasida dinga bo‘lgan qiziqish boshqaldarga qaraganda ancha kuchliroq ekani sabab bo‘lmoqda. Yana bir jihati esa chet davlatlarida dinga aloqador o‘zbek tashkilotlarining ko‘pligi bilan bog‘liq. Masalan, Saudiya Arabistonida, bizning bilishimizcha, yuz mingga yaqin o‘zbek yashaydi. Ularning orasida Salafizm, Vahobiylik yo‘nalishidagi tashkilotlarga a‘zolik ommalashgan. Mana shu kabi davlatlarda yashovchilarning ayrimlari Qirg‘izistondagi o‘zbek millatiga mansub odamlarga o‘z ta‘sirini ko‘rsatishi mumkin, - deydi Talant Razzakov.

Qirg‘iziston fuqarolarini Suriyaga jo‘natish sxemasi. 1. Aviaqatnovlar orqali- Bishkek va O‘shdan Istanbulga; 2. Rossiya orqali Anqara yoki Istanbulga; 3. Istanbul yoki Anqara orqali Suriyaga.

Qirg‘iziston fuqarolarini Suriyaga jo‘natish sxemasi. 1. Aviaqatnovlar orqali- Bishkek va O‘shdan Istanbulga; 2. Rossiya orqali Anqara yoki Istanbulga; 3. Istanbul yoki Anqara orqali Suriyaga.

Unga ko‘ra, bundan tashqari Pokiston hamda Afg‘onistonga o‘qish uchun qonuniy va noqonuniy yo‘llar orqali ketgan fuqarolar bor. Ular ham Qirg‘izistonga diniy jihatidan katta ta‘sir o‘tkazish salohiyatiga ega.

Talant Razzakovga ko‘ra, Bugungi kunda xalqaro xamjamiyat “Islomiy davlat”ning yashashga xaqqi yo‘q”, degan qarorga kelgan va bu tashkilot ertami kechmi yo‘q qilinadi.

Qirg‘iziston kuch tizimlarini “Islomiy davlat” yo‘q qilingach, uning safida bo‘lgan jangarilar qayerga boradi va qanday faoliyat yurita boshlaydi, degan savol qiziqtirmoqda.

-Masalan, bugungi kunda Afg‘onistonda “Islomiy davlat”ning ta‘siri juda kuchli. Hozir Afg‘onistonda Tolibon bilan “Islomiy davlat”ning o‘rtasida kuchli raqobat yuzaga kelgani kuzatilmoqda. Biz hozir masalaning mana shu jihatini o‘ylanishimiz kerak. Albatta, bizning fuqarolarning u yerga borishi ayanchli,ular dinni yaxshi bilmagani, dinga qiziqqani, biroq noto‘g‘ri qarorga kelgani uchun, aldanib qolganliklari sababli u yerlarga ketishmoqda. U yerga faqatgina o‘zbeklarimiz emas, ruslar ham ketmoqda. Masalan, rossiyalik taniqli kinoaktyor ham borib, vafot etdi u yerda, - deydi Talant Razzakov. .

Qo‘shimcha qilib o‘tish kerakki, so‘nggi paytlarda Qirg‘izistonda Suriyadan qaytib kelgan fuqarolar tez-tez qo‘lga olinmoqda. So‘nggi bir yil ichda, Suriyadagi jangarilar safida jang qilganlar va Qirg‘iziston hududida Suriyadagi islomchi jangarilar safiga odam yollashga doir 83 holat fosh etilgan.

Kuni kecha esa O‘sh viloyatida Suriyadagi janglarda ishtirok etgani aytilayotgan ikki fuqaro sudlandi. O‘sh viloyati qarashli Qorasuv tumanining ikki yashovchisi sud hukmi bilan 5 va 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

O‘tgan haftada O‘sh viloyat sudi Suriyaga ketganlar bilan bog‘liq boshqa bir ishni qarab chiqqan. Unda ayblanuvchilarni 2 yildan 16 yilgacha ozodlikdan mahrum etish so‘ralgandi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi“Islomiy davlat” guruhi kabi radikal tashkilotlar mamlakat janubi va O‘zbekistonning Andijon viloyatida ildiz otayotgani haqida mart oyining boshlarida rasmiy ma‘lumot tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG