Линклар

Rossiya Qrim harbiy anneksiyasining bir yilligini nishonlar ekan, yarim orolning ba‘zi yashovchilari Kreml rejasiga qarshi bo‘lganliklari va hozir ham o‘z qarorlaridan qaytmaganliklarini eslatib qo‘yishni istaydi.

Qrim o‘tgan yilgi “Evromaydon” aksilhukumat namoyishlari paytida sokin edi.

Ammo hammasi 23 fevral kuni o‘zgardi.

Bir kun muqaddam prezident Viktor Yanukovich hokimiyatdan ag‘darilgandi.

Minglab qrimlik tatarlar poytaxt Simferopoldagi vazirlar kengashi binosi o‘ngiga yig‘ilib, parlamentni tarqatish va konstitutsiyaga tub aholi haqlari borasidagi o‘zgartirishlar kiritishni talab qildi.

Qrim parlamenti favqulodda yig‘in o‘tkazish qarorini oldi.

Tatarlar idoriy kengashi – Majlisboshlig‘i, Refat Chubarov "xavfli" qaror olinishidan qo‘rqqanini aytadi.

"Vaziyat o‘ta qaltisligini sezib turardim," – deydi Chubarov. - "Majlisni favqulodda yig‘in o‘tkazishga va xalqni namoyishga chaqirdim."

26 fevral kuni Rossiyaparast separatistlarga qarshi namoyishga 10,000 dan ziyod odam to‘plandi.

Parlament ichkarisi va tashqarisida mushtlashuv boshlandi.

Alaloqibat qonun chiqaruvchilar namoyishchilarning eng oddiy talabi – parlament sessiyasini qoldirishga qaror qildi.

Ukrain va xorijiy jurnalistlar mazkur qarorni rossiyaparast unsurlar ustidan g‘alaba, deya tasvirladi.

"Biz o‘zimizni, Qrimni, Ukrainani qutqardik, degan qoniqish bilan uy-uyimizga tarqaldik," – deydi Chubarov.

Oradan bir yil o‘tdi.

Qrim Kreml nazoratiga o‘tdi.

Rossiya Tergov Komiteti esa 26 fevral hodisalariga jinoiy ish sifatida qaramoqda.

Chubarov va qrimlik tatarlarning yana bir necha rahbari, jumladan tatarlar lideri Mustafo Jamil o‘g‘liga Qrimga kirishga taqiq qo‘yildi.

Tatarlar Majlisi raisining muovini Axtem Chiygo‘z namoyishni tashkillashtirish aybi bilan qamoqqa olindi.

Qrim orolining Rossiyaga qo‘shilishi 2014 yil 16 martida o‘tkazilgan referendum bilan “qonuniy” tus oldi.

BMT Bosh Assambleyasining aksar a‘zolari mazkur referendumni noqonuniy deya baholadi.

Chubarov va boshqa tatar liderlari yarim orol aholisining ko‘pi referendumga qarshi chiqqannini aytadi.

Kreml Qrim anneksiyasini bir paytlar olib qo‘yilgan zaminning o‘z qonuniy egasiga qaytarilishi, deya tasvirlaydi.

Uning da‘vo qilishicha, referendumda ishtirok etganlarning 95 foizi Rossiyaga qo‘shilish tarafdori bo‘lgan.

Ammo tanqidchilar, jumladan ukrainalik faol Konstantin Reutskiyga ko‘ra, referendumga targ‘ibot, qo‘rqitish va hukumat binolarini bosib olgan “yashil odamchalar” – Rossiya armiyasi vositasida “qonuniy tus” berildi.

"Odamlar xavfni sezishgandi; ular kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yishgandi," – deydi u. - "sun‘iy yo‘llar bilan qo‘rquv fazosi yaratilgan edi. Hamma joyni Rossiyaparast “faollar” bosib ketgandi."

Ammo tanqidchilar, jumladan ukrainalik faol Konstantin Reutskiyga ko‘ra, referendumga targ‘ibot, qo‘rqitish va hukumat binolarini bosib olgan “yashil odamchalar” – Rossiya armiyasi vositasida “qonuniy tus” berildi.

"Odamlar xavfni sezishgandi; ular kalavaning uchini yo‘qotib qo‘yishgandi," – deydi u. - "sun‘iy yo‘llar bilan qo‘rquv fazosi yaratilgan edi. Hamma joyni Rossiyaparast “faollar” bosib ketgandi, ularning ba‘zilari qurollanib olgandi."

Anneksiyadan bir yil o‘tib, tanqidchilarga ko‘ra, Qrimda bosimlar shunchalar kuchaydiki, hatto Rossiyaga qo‘shilishni istagan ba‘zi etnik ruslar ham o‘z pushaymonliklarini yashirmaydi.

"Bir yil oldin, ular Rossiyani dastaklashlarini aytib qichqirishardi," – deydi o‘z ismini oshkor etishni istamagan qrimlik. - "Endi bunday ehtirosli qichqiriqlar yo‘q.”

XS
SM
MD
LG