Линклар

Rossiyaning Bryansk viloyatida 15 mart kuni sodir bo‘lgan avtohalokatda nobud bo‘lgan 16 nafar mehnat muhojirini O‘zbekistonga yuborishga mablag‘ yig‘ilmoqda. Rossiyadagi o‘zbeklar jamiyatlari faollari jasadlarni Bryanskdan Domodedovo aeroportiga olib kelishni o‘z zimmasiga mahalliy sug‘urta kompaniyalardan biri o‘z zimmasiga olgani, biroq aeroportdan o‘z yurtlariga jo‘natishga mablag‘ yetishmayotganini gapirmoqda.

Ozodlikka murojaat qilgan bir guruh Rossiyadagi o‘zbek jamiyatlari faollari 15 mart kuni Bryansk viloyati avtotrassasida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar Bryansk shahridagi sug‘urta kompaniyalardan biri hisobiga Moskva shahrining Domodedovo aeroportiga keltirilishini ma‘lum qildi.

- Biroq, o‘lganlar soni ko‘p bo‘lgani va ularni O‘zbekistonga yuborish uchun birdan katta miqdorda mablag‘ zarurligini hisobga olib, Rossiyada, O‘zbekistonda va xorij mamlakatlarida yashayotgan hamyurtlarimizdan jasadlarni dafn etish uchun O‘zbekistonga jo‘natishga ko‘maklashib yuborishlarini so‘raymiz. Bryansk tashkilotlaridan biri ixtiyoriy ravishda jasadlarni mo‘miyolash va Moskvaga yuborishni o‘z hisobidan qilishini ma‘lum qildi, dedi ismini oshkor qilmagan ko‘ngilli faollardan biri.

U moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish istagida bo‘lganlar QIWI elektron hamyoni orqali +7 903 725 8480 raqamiga istagan miqdorda pul o‘tkazishlari mumkinligini aytdi: pul jo‘natmasi albatta "Bryansk" yozuvi bilan jo‘natilishi so‘raldi.

Xorijdan yoki QIWI orqali pul o‘tkazish imkoniga ega bo‘lmaganlar uzbdiaspora@gmail.com elektron pochtasiga xat yuborishlari va o‘z kontakt ma‘lumotlarini qoldirishlari mumkin: diaspora vakillari o‘zlari aloqaga chiqishlari aytildi.

Jasadlarni Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natish ishlari bilan shug‘ullanayotgan o‘zbek jamiyati faollari o‘tkazilgan barcha mablag‘ hisoblab borilishi va zarurat tug‘ilsa, yig‘ilgan va sarflangan mablag‘ to‘g‘risida hisobot berib borilishi kafolatlanishini bildirdi.

Rossiyaning Bryansk viloyati Pochepskiy tumanida o‘tgan yakshanba kuni oqshom soat 11lar atrofida sodir bo‘lgan avtohalokatda nobud bo‘lgan o‘zbeklar soni 16 kishiga yetgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiyadagi konsuli bu avtohalokatda ko‘z yumgan o‘zbekistonliklar hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonini tezlashtirish uchun Bryansk shahriga kelgani xabar qilingan edi. Biroq, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yordami to‘g‘risida biror ortiqcha ma‘lumot olishning imkoni bo‘lmadi.

Muhojirlar Rossiya hududida yurish muhlatini cho‘zdirish uchun Ukraina chegarasiga borib, qaytayotgan bo‘lgan.

Huquq-tartibot idoralari avariya joyida 15 yo‘lovchi halok bo‘lgani va olgan 4 kishi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilganini Ozodlikka ma‘lum qilgandi. Haydovchidan tashqari mashina salonida bo‘lgan qolgan yo‘lovchilar O‘zbekiston fuqarolari ekani aytildi.

Hodisa sodir bo‘lgan kun tongda shifoxonada O‘zbekiston fuqarosi, 44 yoshli Mirzayeva Saodatning joni uzildi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG