Линклар

Internetda O‘zbekiston prezidenti virtual saylovini o‘tkazayotgan Virtual saylov komissiyasi rasmiy sayti 17 mart oqshomidan buyon ochilmayapti. Komissiya raisi, “O‘tyuraklar klubi” inson huquqlari xalqaro tashkiloti rahbari Mo‘tabar Tojiboyevaning Ozodlikka bildirishicha, saytga noma‘lum xakerlar hujum qilgan bo‘lishi mumkin.

Tojiboyeva xonim Ozodlikning voqea munosabati bilan bergan savollariga javob berdi:

O‘zbekistondagi prezident sayloviga parallel ravishda global tarmoqda o‘tkazilayotgan saylovda ishtirok etish uchun Virtual saylov komissiyasi tomonidan 12 nomzod ro‘yxatga olingan.

Ulardan 3 nafari O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan nomzodlar, qolgan 9 nafari esa O‘zbekiston ichkarisi va tashqarisida rasmiy Toshkent siyosatiga nisbatan muxolif qarashda bo‘lgan nomzodlardir.

Virtual saylov komissiyasi shu yil 29 martida O‘zbekistonda o‘tkazilajak prezident saylovlarida qatnashish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan nomzod o‘laroq ro‘yxatga olingan amaldagi prezident Islom Karimovni virtual saylovga nomzod sifatida ro‘yxatga olishdan bosh tortgan va bunga Islom Karimovning O‘zbekiston konstitutsiyasining 90-moddasini qo‘pol ravishda buzganini asos o‘laroq keltirgan. O‘zbekiston qomusining mazkur moddasida “ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas”, deb ko‘rsatilgan.

Virtual saylov komissiyasi matbuot kotibi Ulug‘bek Bakirovga ko‘ra, VSK ro‘yxatga olgan nomzodlar uchun ovoz berish 1 martdan boshlangan va 29 martgacha davom etadi.

XS
SM
MD
LG