Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:26

OzodlikOnline: Internetdagi “o‘zbek troll”lari kimlar?​


O‘tgan hafta Kreml trollaridan uchtasi kuniga 12 soat davomida Putinga muhabbat izhor qilishu Obamani haqoratlash uchun kamida 40 ming rubl oylikka ishlaganini Ozodlikka hikoya qilib berdi. Internet forumlarida atayin fitna va mojaro qo‘zg‘ash orqali jamoatchilik diqqatini chalg‘itish va uni jiddiy bahsdan uzoqlashtirishni maqsad qilgan trollarni o‘zbek tilidagi forumlarda ham kuzatish qiyin emas. Bu trollar yoki ular “qurbon”lari orasida Siz ham bormisiz? 23 mart kungi jonli suhbat shu mavzuda o'tdi.

Ozodlikning rus xizmati e‘lon qilgan “Kreml trollari jazavasi” nomli maqolada Ukraina-Rossiya mojarosi boshlanib¸ unga bevosita yoki bilvosita yarim dunyo tortilganidan beri Internet forumlarida yangi bosqichga chiqqan trolling manzarasi tasvirlanadi.

Trolling deganda odatda Internet forumlariga oldindan belgilangan maqsad (ko‘pincha yomon niyat) bilan qo‘shilib¸ forumlardagi bahslashuvchilarni gij-gijlash¸ ularni haqorat qilish¸ g‘azabini qo‘zg‘ash orqali bahsni butunlay boshqa yo‘nalishga burib yuborish¸ maxsus ishlov berilgan mafkurani yoyish nazarda tutiladi.

Bu ishni qiluvchilar esa troll deb ataladi va so‘zning ingliz tilidagi ma‘nolaridan biri dev¸ ya‘ni bahaybat va qo‘rqinchli¸ lekin axmoq maxluqni anglatadi.

Internet trollari ko‘pincha anonim holda¸ ba‘zan esa¸ doimiy taxallus bilan turli Internet forumlarining kunda-shundasiga aylanib¸ muayyan mafkuraviy yo‘nalishdagi xabar va sharh tarqatadilar¸ ko‘pincha buni kasbga aylantiradilar. Ularning maqsadi virtual hududdagi konstruktiv muloqotga yo‘l bermaslik¸ shunday muloqot qiluvchilar¸ xususan¸ mustaqil va tanqidiy fikrlovchilarni onlayn forumlardan turli yo‘llar bilan siqib chiqarishdir.

OzodlikOnline: Интернетдаги “ўзбек тролл”лари кимлар?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:54:24 0:00
Бевосита линк

Ozodlik rus xizmati so‘zlashgan sobiq trollarning aytishicha¸ Rossiyada trolling maxsus xizmatlar tomonidan boshqarilib¸ yaxshigina haq to‘lanadigan anchayin qiyin ishga aylanib ulgurgan.

Ayni paytda¸ trolling va trollar nafaqat Rossiya va boshqa davlatlar¸ xususan¸ o‘zbek Internet forumlarida ham keng yoyilib borayotgan hodisa va bunday mafkuraviy mojarosevarlar Ozodlik forumlarida ham ko‘zga tashlanadi.

Xususan¸ yaqinda Ozodlikka ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘langan o‘zbekistonlik talaba o‘zi boradigan Internet kafeda maxsus xizmat xodimi trollikka yollamoqchi bo‘lganini xabar qilgan edi.

Uning aytishicha¸ har kuni Internetda O‘zbekistondagi hayotning yaxshiligini maqtash va mamlakatdagi tinchlikni ko‘rolmaydiganlarni haqorat qilib turli mustaqil va muxolif saytlardagi forumlarga sharh yozish uchun o‘ziga bepul Internet va institutni muammosiz bitirib¸ yaxshi ish topish va‘da etilgan.

Ayni paytda trollar va trolling faqat davlat tizimlari emas¸ balki turli mafkuraviy va diniy oqimlar tomonidan ham birdek qo‘llanilayotgan hodisadir.

Xususan¸ o‘zbek tilidagi saytlarda uyushgan va muntazam tarzda demokratiya va liberal qadriyatlarni yomonlash¸ bu qadriyatlarga ergashganlarni haqoratlashni maqsad qilgan go‘yoki islomiy mazmundagi sharhlar tizimi ko‘payib bormoqda.

Siz¸ Internet forumlaridagi sharhlarni o‘qib¸ tug‘ilajak bahslarni kuzatib borasizmi?

“Qizg‘in va ehtirosli bahslashuvchi”larning kim va nima maqsadda bahslashayotganiga e‘tibor berasizmi?

O‘zbek tilidagi saytlar¸ xususan¸ Ozodlikda trollar va trollingni payqadingizmi?

Qaysi maqsad va mafkuradagi trollar o‘zbek tilidagi qaysi forumlarda eng faol?

O‘zbek tilidagi trolling mohiyati bilan boshqa tillardagidan nimasi bilan farq qiladi¸ agar farq qilsa?

Siz ham trollik qilganmisiz (qilasizmi)¸ yoki trollar xuruji nishoniga aylanganmisiz?

Dushanba¸ 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan oqshomgi 7 dan 8 ga qadar davom etadigan jonli suhbatimiz shu mavzuga bag‘ishlandi.

XS
SM
MD
LG