Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:49

Saudiya bekinib olgan Yaman prezidenti himoyasiga qo‘shin kiritmoqchi


Sanaa aeroporti yaqinidagi mahallaga Saudiya harbiylari uyushtirgan havo hujumidan keyingi manzara.
Sanaa aeroporti yaqinidagi mahallaga Saudiya harbiylari uyushtirgan havo hujumidan keyingi manzara.

Saudiya qirolligining rasmiy bayonotiga ko‘ra¸ Yamanning hozirda qayerga bekingani sir bo‘lib qolgan sunniy prezidenti hokimiyatini qo‘llab-quvvatlash iddaosi bilan qirollikning 100 dan oshiq qiruvchi uchqichi poytaxt Sanaa va boshqa hududlarga hujum uyushtirmoqda.

Aytilishicha¸ janggari shialarning Hutiy guruhi istehkomlarini nishonga olayotgan mazkur amaliyotlarda havo qo‘shinlaridan tashqari 150 ming askar va harbiy dengiz bo‘linmalari ham ishtirok etmoqda.

26 mart kuni axborot agentliklari janggarilar nazoratida qolayotgan poytaxt Sanaa aeroporti va boshqa strategik ob‘ektlarning Saudiya va uning ittifoqchilari tomonidan bombardimon qilinganini ma‘lum qildi.

Saudiya hokimiyatidagi ayrim manbalar G‘arb matbuotiga Yamanda tartib o‘rnatish uchun mamlakatga quruqlik qo‘shinlari kiritish rejalanayotganini bildirdi.

Yamanda yillardan beri mudroq holda davom etib kelayotgan sunniylar yetakchiligidagi hukumat va qurolli shia guruhlari o‘rtasidagi mojaro keyingi haftalarda ochiq urushga aylandi.

Prezident bekingan Aden shahrining ham poytaxt Sanaa ortidan isyonchilar qo‘liga o‘tishi prezident Abd-Rabbu Mansur Hadiyning qochib ketgani haqidagi xabarlarga asos bo‘ldi.

Bu urushga bir tomondan sunniy prezidentni qo‘llayotgan Saudiy Arabistoni¸ boshqa tomondan shia isyonchilarining bosh dastakchisi Eron ham qo‘shilganidan keyin mamlakat keng ko‘lamli xaos boshlanib ketdi.

Qirollik rasmiy bayonotiga ko‘ra¸ amaliyotlarda 150 ming harbiy va 100 dan oshiq qiruvchi uchqichlar ishtirok etadi va bu hujumlarga Iordaniya¸ Bahreyn¸ Quvayt¸ Arab Amirliklari¸ Qatar¸ Marokash va Sudan hukumatlari ham qo‘shilish istagini bildirgan.

Ayni paytda¸ Yamanda hokimiyatni qo‘liga olishga urinayotgan shia janggarilarining asosiy tayanchi bo‘lgan Eron hukumati Saudiya Arabistoni va Riyod yetakchiligidagi ittifoq uyushtirayotgan havo hujumlarini keskin qoralab chiqdi.

Rasmiy Tehron bayonotida bu amaliyotlar Yamandagi vaziyatni butunlay izdan chiqarib yuborishi mumkin xavfli qadam sifatida baholandi.

Eron e‘tirozi bilan ketma-ket e‘lon qilingan AQSh rasmiy bayonotida Saudiya qirolligining Yamandagi isyonchilarga qarshi keskin amaliyotlari olqishlandi.

Davlat kotibi Jon Kerri¸ xabarlarga ko‘ra¸ AQSh Saudiya yetakchiligidagi mazkur amaliyotlarga har jihatdan yordam berishga hozirligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG