Линклар

O‘shda Suriyaga yo‘l olgan tojikistonliklar qo‘lga olindi


So‘nggi oylarda O‘sh aeroporti orqali Turkiya va so‘ngra Suriyaga yo‘l olmoqchi bo‘lganlar soni ortdi

So‘nggi oylarda O‘sh aeroporti orqali Turkiya va so‘ngra Suriyaga yo‘l olmoqchi bo‘lganlar soni ortdi

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tarqatgan xabarga ko‘ra, xavfsizlik xodimlari shu hafta boshida O‘sh shahrida tojikistonlik uch kishini oila a‘zolari bilan qo‘lga olgan.

Ushlangan shaxslar suhbat jarayonida Istanbul orqali Suriyaga safar qilish va “Islomiy davlat” ekstremistik qo‘shilish niyatida bo‘lganliklarini e‘tirof etganlar.

Milliy xavfsizlik rasmiylari ta‘kidicha, Tojikiston fuqarolarini bir noma‘lum shaxs internet orqali Suriyaga taklif qilgan.

Ushlangan shaxslar so‘roq qilingach, Tojikiston rasmiylari qo‘liga toshpirilgan.

Bu oxirgi bir yil ichida janggohlarga chiqib ketayotgan tojikistonliklarning Qirg‘izistonda ushlanishi bo‘yicha uchinchi holatdir.

O‘tgan yil sentabr oyida isfaralik Nasiba Fattoyeva va uning ikki farzandi tojik-qirg‘iz chegarasidan o‘tkazilmagan edi.

Keyinchalik uning Suriyada “Islomiy davlat” janggarilari safida jang qilayotgan erining oldiga ketmoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Ayni oyda Tojikistonning Spitamen tumanidan bo‘lgan 45 yoshli Komil Rahmatov qirg‘izistonlik militsiya xodimlari tomonidan O‘sh xalqaro aeroportida tutilgan edi.

So‘g‘d viloyat IIB vakilining Ozodlikka ma‘lum qilishicha, Komil Rahmatov Turkiya orqali Falastinga ketib, u yerda jihodda ishtirok etish niyatini yashirmagan.

Markaziy Osiyo davlat rasmiylarining ma‘lum qilishicha, Suriya va Iroqda "Islomiy davlat" guruhi saflarida yuzlab markaziy osiyolik jang qilmoqda.

Ularning aksarini o‘zbeklar tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG