Линклар

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist¸ taniqli kulgi ustasi Mirzabek Xolmedov shu kunlarda Toshkentda o‘tayotgan kontsertida mamlakatdagi ijtimoiy muammolar¸ jumladan gaz chiroq yo‘qligi¸ fermerlar¸ yosh bolalar tarbiyasi va amnistiya muammolarini hajv qildi.

Mirzabek Xolmedovning ayni hazili yozilgan videtasvir kontsertdan sal oldin Youtube portaliga yuklanib, qisqa bir muddatda 50 mingdan ziyod tomoshabin diqqatiga sazovor bo‘ldi.

Mirzabek Xolmedov o‘ziga xos yumor bilan O‘zbekistonda gaz va chiroq yo‘qligini fosh qiladi:

“Bir nomdor qo‘shiqchining otasi olamdan o‘tibdi. Qo‘lida hassa bilan tobutning oldiga “Otam”lab yig‘lab ketayotgan qo‘shiqchi yigit, shu bahona, ovozini ham sozlab, yig‘ini chiroyli ovozda, xazin nolalarda qo‘shiq qilib ayta boshlabdi:

Quyosh nuri tushmas joyga ketayotgan otam,

Havo kirmas joylarga ketayotgan otam...

Orqada kelayotgan tobutkashlar ichida shu qo‘shiqchini fanatlariyam bor ekan, beixtiyor “Voy doood! Juft bo‘lsiiin!” deb qichqirib qo‘yisharmish...

Qo‘shiqchi yigitga ilhom kelib qolibdi va yanayam xazinroq, yurakni ezadigan ovozda yuqori notalarga o‘tibdi:

Gazi yo‘q uylarga ketayotgan otam,

Chirog‘i yonmas xonalarga borayotgan otam...

Otasi bilan motam marosimida qatnashayotgan bir o‘spirin, qo‘shiqchining nolasini eshitib, otasiga qarab:

- Dada, o‘likni biznikiga olib borishayaptimi? - dermish..."

Shu yerda zalga to‘planganlar qah-qaha otib kuladi.

Ozodlik taniqli hajvchining ma‘muri bilan bog‘landi. Ma‘murning aytishicha¸ bu hajvga “O‘zbeknavo” tarafidan izn olingan:

- Bugun kontsertda ham shu latifa bor edi. Bunga “O‘zbeknavo” dan izn olingan. Faqat latifaning so‘ngida gap uchastka hovli haqida ketayotgani qo‘shib qo‘yildi. Uchastka hovlida chiroq¸ gaz va suv bo‘lmasligi mumkinku. Keyin yana bir latifada roddomda chiroq o‘chib qolgani haqida gap bor. Bu latifa uzoq tumanlardagi roddomlarda ba‘zan chiroq o‘chgani haqida ekanini eslatsam. Toshkentdagi roddomda chiroq o‘chmaydiku¸ - deydi taniqli hajvchining ma‘muri.

Eslatib o‘tamiz, 30 mart kuni Toshkentda boshlangan va shu kunlarda davom etayotgan Mirzabek Xolmedov kontsertida mamlakatdagi ijtimoiy muammolar¸ jumladan, gaz chiroq yo‘qligi¸ fermerlar¸ yosh bolalar tarbiyasi va amnistiya muammolarini hajv qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzabek Xolmedov ijro etgan hazilning tagi zil bo‘lishi haqida gap-so‘zlar ko‘paygan.

Bundan oldin O‘zbekistonning bosh sahnasi bo‘lgan “Istiqlol” saroyini ketma-ket to‘rt kun tomoshabinlar bilan liq to‘ldirgan “Million” jamoasi so‘nggi kontsertidagi beparda hazillari bois litsenziyasidan ayrilgan edi.

O‘zbekistonda kulgi ustalarining “zapret” qilinishi yangilik emas. O‘zbekiston xalq artisti Obid Asomov ham O‘zbekistonda ba‘zan qora ro‘yxatlarga kiritib turiladi.

XS
SM
MD
LG