Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:07

Tezyurar poyezd yo‘li o‘tgan hududdagi uylar buzildi​


O‘zbekistonda Ispaniyaning Talgo poyezdi.
O‘zbekistonda Ispaniyaning Talgo poyezdi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK tomonidan “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilayotgani munosabati bilan Samarqand viloyati Juma shaharchasidagi o‘nga yaqin uy buzilgan.

Temir yo‘l qurilishi bois ayni viloyatning Nurbuloq shaharchasidagi shifobaxsh issiq suv chiqadigan bir necha salomatlik markazlari ham yopib qo‘yilgani ham aytildi.

Nurbuloqdagi oromgohga kelganlarga ovqat pishirib kun kechirib kelgan 43 yashar Roxila ismlik juvon salomatlik markazlari yopilganidan keyin ishsiz qolganidan nolidi:

- Shu issiq suvda davolanish uchun kelganlar ortidan tirikchiligimiz o‘tib turuvdi. Kurortlar yopilganidan keyin ahvolimiz mushkullashdi. Poyezd yo‘li o‘tar ekan deb kurortlar yopildi¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlik Talgo poyezdining yo‘li o‘tgan hududdagi uyi buzilganidan shikoyat qilgan Nurmuhammad ismlikn yigit bilan suhbatlashdi.

Nurmuhammad uzoq yil Rossiyada ishlab topgan puliga qurgan ikki qavatli uyi buzib tashlangani va bir tiyin ham tovon olmaganidan nolidi:

- Uyim Kattaqo‘rg‘on suv omboriga yaqin so‘lim joyda edi. Talgo poyezd o‘tadi¸ deb buzib tashladi. Tovon bermadi. Kadastrdan ham o‘chirishdi. Bir meni emas¸ poyezd yo‘li o‘tadigan joydagi uch qator uylarni buzishdi¸ deydi suhbatdosh.

“Toshkent – Buxoro” yo‘nalishidagi poyezd qatnovini amalga oshirish uchun “Samarqand-Buxoro” temir yo‘l liniyasi uchastkasida boshlangan ishlar bois oddiy aholiga mansub uylar buzib tashlanganini “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK dagi Ozodlik manbasi tasdiqladi.

Manbaning aytishicha¸ loyiha qiymati 400 million AQSh dollarini tashkil etadigan bu qatnovni amalga oshirish jarayonida buziladigan uylar kadastrda qayd qilingan bo‘lsa¸ tovon puli to‘lanadi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ poyezd yo‘l quriliishi bois Samarqand viloyatida 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ Ispaniyaning Talgo shirkatidan sotib olingan ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari “Toshkent – Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanadi.

Ayni paytda O‘zbekistonda ikkita ana shunday yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlar “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida harakatlanmoqda.

XS
SM
MD
LG