Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:15

O‘zbekistonda oziq-ovqat va dollar yana qimmatladi​


O‘zbekistonda havo harortining kutilmaganda keskin pasiyishi bilan bir qatorda bozorlarda narx-navo sezilarli qimmatladi. Bahorda ba‘zi meva-sabzavot turlarining kamayib qolishi ortidan, ayrim mahsulotlarning narxi 50 foizdan dan 200 foizgacha ko‘tarilib ketgani aytilmoqda.

Piyoz yo‘q

Aprelning dastlabki kunlariga kelib, poytaxt va viloyatlar markazlari dehqon bozorlarida piyozning chakana narxi 3 baravarga oshdi. Hozirda oddiy piyozning kilosini 3500-4000 so‘mga xarid qilish mumkin.

Toshkentning “Eski Jo‘va” bozorida piyoz taqchil. Rastalar oldida esa uzun navbat. Sotuvchilarning aytishicha, mahsulot zahiralari tugab bormoqda:

- Kam qolgan. 1800 so‘mdan oshmasin deyishyapti, shunga 5 kilogacha sotyapmiz bitta odamga. O‘shanga pochti xech kim sotmayapti. Boshqa bozorlarda 3000 – 3500 dan sotishyapti ekan, - deydi sotuvchi Xakimjon.

Ўзбекистонда озиқ-овқат ва доллар яна қимматлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:42 0:00
Бевосита линк


Dehqon bozorlarida tujjorlar bilan so‘zlashgan mobil muxbirlarimizga ko‘ra, narx oshishi mazkur mahsulotning mavsumiy kamyobligi bilan bog‘liq.

- Hali dalaning piyozi chiqqani yo‘q. Har yili ham shu paytga kelib bozorlarimizda piyoz tortilib qoladi. Shu boisdan narxlar oshib ketadi. Bu yil mamlakatimizning piyoz yetishtiradigan Surxondaryo, Samarqand singari viloyatlaridan mahsulot kamroq keldi. O‘rtada bir qozoqning piyozi kela boshlagandi, lekin negadir to‘xtab qoldi. May oyiga kelib, Surxondaryodan piyoz kela boshlaydi. Shu bilan piyozning narxi tushadi. Lekin may oyigacha 5000 so‘mga chiqsa kerak, - deydi “Chorsu” bozorida piyoz sotayotgan Mirzaboy aka.

“O‘zmevasabzavotuzumsanoat” xolding kompaniyasi mulozimi “Ozodlik” bilan mikrofonsiz suhbatda Qozog‘istondan piyoz importi to‘xtab qolgani sabablariga to‘xtaldi.

“Qozog‘istondan mamlakatimizga 35 ming tonna piyoz import qilish bo‘yicha shartnoma imzolangandi. Mazkur shartnoma bajarildi, ya‘ni shuncha miqdordagi piyoz O‘zbekiston bozorida sotib bo‘lindi. Ammo keyingi shartnomalarni imzolash hukumat tomonidan hozircha ma‘qullangani yo‘q. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi orqali importga ajratilgan mablag‘ni konvertatsiya qilish bilan bog‘liq muammolar bor ”, deydi xolding kompaniya vakili.

Holbuki, Qozog‘iston piyozi dehqon bozorlarida tashkil qilingan “Elga xizmat” burchagi orqali 2000-2500 so‘mdan sotilayotgandi.

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi axborot-tahlil markazi xodimi “Ozodlik” muxbirining piyoz taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat borasidagi savolini izohlashni xohlamadi.

Yangi kartoshka – 10 000 so‘m

Rastalardan tortilgan yana bir mahsulot - bu kartoshka. Garchi uni xarid qilish uchun navbatlar yo‘q bo‘lsa-da, ba‘zi rastalarda kartoshkani bir odamga cheklangan miqdorda sotishmoqda. Xaridorlardan biri buning sababini quyidagicha izohlaydi:

-Yangi kartoshka sotuvga chiqdi, lekin hali ko‘p emas. Kartoshkaning bir kilosini 10 000 so‘mdan sotib olishga majbur bo‘layapmiz. Eski kartoshka bundan buyon kamayadi, narxi esa oshadi.

Ayrim tovarlarning sotuv narxlari

(Eski Jo‘va Bozori)

Mol go‘shti, 1 kilo, suyakli: 25 000 so‘m;

Mol go‘shti, 1 kilo, lahm: 31 000 – 33 000 so‘m;

Qo‘y go‘shti, 1kilo: 26 000 – 27 000 so‘m;

Kartoshka, 1 kilo: 1 800 – 2 200 so‘m;

Sabzi, 1 kilo: 1 000 – 1 200 so‘m;

Piyoz, 1 kilo: 1 800 – 4 000 so‘m

Un, 1 kilo ("Oltin don", Qozog‘iston): 3 000 – 3 200 so‘m;

O‘simlik yog‘i, 1litr ("Zolotaya semechka", Rossiya): 7 200 so‘m;

Guruch, 1 kilo: 6 000 – 11 000 so‘m;

Tuxum, 1 dona: 300 – 420 so‘m;

Saryog‘, 1 kilo. (mahalliy): 6 000 – 8 000 so‘m;

Pamidor, 1 kilo: 8 000 – 12 000 so‘m;

Bodring, 1 kilo: 7 000 – 8 000 so‘m;

Ko‘katlar, 1 dona bog‘: 1 500 so‘m;

Tandir non, 1 dona: 1 200 – 4 000 so‘m.

“Qora bozor”da dollar kursi keskin ko‘tarildi

2 aprel kuni tushdan so‘ng O‘zbekiston poytaxtidagi “qora bozor”larda AQSh valyutasining so‘mga nisbatan qiymati keskin ko‘tarildi. 1 AQSh dollari tushdan so‘ng 4500 so‘mga xarid qilina boshlandi.

Toshkentning Oloy bozorida sarroflik qilayotgan Iskandarga ko‘ra,100 AQSh dollarining xarid narxi 450 000 so‘mni, sotish narxi 460 000 so‘mni tashkil qilmoqda.

“Tushdan keyin qandaydir panika boshlandi. Ertalab 4150 so‘mdan olayotgandik. Katta valyutchiklar olayotganini ko‘rib, biz ham ola boshladik. Viloyatlar bilan gaplashib turibmiz, Qo‘qonda, Denovda ham shu gap. Kim biladi, ehtiyot bo‘lib turibmiz, ertaga nima bo‘ladi bilmaymiz”, deydi Iskandar “Ozodlik” mobil muxbirlari bilan suhbatda.

Sarroflar valyuta kursining keskin o‘zgarishini izohlay olishmayapti. Ammo tahlilchilarga ko‘ra, bu mutlaqo kutilgan hol bo‘lib, G‘arbning Rossiyaga nisbatan qo‘llayotgan sanksiyalari va uning Rossiya orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga ta‘siri bilan bog‘liqdir. Ammo ayrim tahlilchilar valyuta kursining bugungi sakrashini vaqtinchalik holat, deb atashmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki 31 martda xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kursini belgilagan edi. O‘shanda 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2 ming 490 so‘m 20 tiyin deb ko‘rsatilgan. O‘sha vaqtda O‘zbekistonning “qora bozor”laridagi real kurs 4050-4150 so‘mga teng edi.

XS
SM
MD
LG