Линклар

Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu karyerasida birinchi bor bir o‘yinda beshta gol urdi.

Portugaliyalik futbolchi o'zining ilk penta-trikini 5 aprel kuni Ispaniya chempionati autsayderi "Granada" klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda amalga oshirdi.

Primeraning 29-turi doirasida Madridda o‘tgan o‘yin 9:1 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ronaldu birinchi bo‘limning o‘zidayoq, sakkiz daqiqda ichida raqib darvozasini uch marta aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoalar tanaffusga chiqqanda tablodagi hisob 4:0 edi.

Ikkinchi taymda portugaliyalik o'yinchi yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol eta oldi - 54 va 89-daqiqalarda.

"Real"ning qolgan gollariga Karim Benzema (dubl), Raget Beyl va Diyego Mayns (avtogol) mualliflik qildilar.

Mehmonlarning yagona goli esa Robert Ibanyes tarafidan kiritildi.

Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Ispaniya chempionatida kiritgan gollari sonini 36taga yetkazib, bu borada ikkinchi borayotgan "Barselona" hujumchisi Lionel Messini to'rtta gol ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Messi o‘zining ilk penta-trikini 2012 yili Chempionlar ligasi doirasida "Bayyer 04" klubiga qarshi o‘tgan o‘yinda amalga oshirgan.

29-tur uchrashuvlaridan so‘ng "Barselona" 71 ochko bilan Primerada peshqadamlik qilishni davom ettirmoqda. To‘rt ochko orta borayotgan "Real" esa hozircha ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG