Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:13

"Forsaj 7" filmi ikki kunda 384 million dollar to'pladi


Pol Uoker "Forsaj 7" filmida.
Pol Uoker "Forsaj 7" filmida.

O'tgan dam olish kunlari premyerasi bo'lib o'tgan "Forsaj 7" filmi ikki kun ichida dunyo bo'ylab 384 million dollar yig'di. Bu Hollivud uchun yangi rekod ekani aytilmoqda.

Franshiza AQShning o'zida to'rt mingdan ortiq kinoteatrda namoyish etilmoqda va birgina shanba-yakshanba kunlarida 143,6 million dollar to'play olgan.

"Forsaj 7" filmi Amerikadan tashqari yana 63 davlatda, jami 10 mingdan ortiq ekranlarda ko'rsatilmoqda. Film ikki kun ichida horij kinoteatrlarida 240,4 million dollar yiqqan.

Avtomobillar haqidagi ushbu mashhur blokbasterning navbatdagi qismi 2014 yilning iyul oyida premyera qilinishi kerak edi. Biroq filmda bosh rollardan birini ijro etgan taniqli aktyor Pol Uokerning 2013 yilda avtohalokatda vafot etishi "Forsaj 7" premyerasini bir yilga kechiktirdi.

Film mualliflari bosh rolni ijro etuvchi aktyorning vafoti tufayli senariyni tubdan o'rgartirishiga va ayrim joylarda Uokerni kompyuter grafikasi yordamida "jonlantirishga" majbur bo'lishgan.​

Chiptaxonalarda rekord ko'rsatkichda pul yig'ayotgan "Forsaj 7" filmi hozircha Rossiya, Yaponiya va Xitoy kabi film auditoriyasi katta bo'lgan mamlakatlarda premyera qilingani yo'q.

XS
SM
MD
LG