Линклар

logo-print

Turkiya yana Twitter va YouTube xizmatlariga to'siq qo'ydi


Turkiyalik internet foydalanuvchisi YouTube tarmog'iga kirishga urinmoqda.

Turkiyalik internet foydalanuvchisi YouTube tarmog'iga kirishga urinmoqda.

Turkiya sudi 6 apreldan boshlab mamalakatda Twitter mikrobloglar hizmati hamda YouTube videoportaliga to'siq qo'yish haqida qaror chiqardi.

Reyters axborot agentligi xabariga ko'ra, chekovlar ushbu veb-saytlarda ultrao'ngchi ekstremistlarning Instanbul prokurori peshonasiga to'pponcha tirab turgani aks etgan suratlar chop etilishi ortidan joriy etilgan.

31 mart kuni ultrao'ngchi Xalq ozodligi inqilob jabhasi a'zolari tarafidan garovga olingan Istanbul shahar bosh prokurori xavfsizlik kuchlari va ekstremistlar o'rtasida sodir bo'lgan otishma natijasida halok bo'lgan edi.

YouTube va Twitter xizmatlari Turkiyada bundan bir avval ham qisqa muddatga to'silgan edi.

O'shanda to'siqqa mamlakatning o'sha davrdagi Bosh vaziri Rajab Toryib Erdo'g'onga yaqin mulozimlarning korrupsiyaga aloqadorligini fosh etuvchi audioyozuvlarning bu tarmoqlarda tarqatilgani sabab bo'lgandi.​

Internet erkinligini kuzatib boruvchi xalqaro tashkilotlar Turkiya hukumatini internet tarmog'ida joriy etilgan senzura uchun tanqid qilib keladi.

XS
SM
MD
LG