Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:37

Respublika pensiya jamg‘armasi boshlig‘i ishdan olindi​


O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori Muzaffar Akromov vazifasidan bo‘shatildi. Norasmiy manbalarning aytishicha, pensiya ta‘minotidagi uzilish va pensiya mablag‘larining noto‘g‘ri sarflanishi Akromovning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijrochi direktori, 38 yashar Muzaffar Akromovning ishdan bo‘shatilganini jamg‘armaning o‘zini tanishtirmagan mulozimi tasdiqladi:

“Ha ishdan ketdilar. Nima sababdan ekanini bilmayman. Hozir u kishining vazifasini o‘rinbosari Bahodir Nizomov bajarayapti. Yangi direktor qachon qo‘yilishi hozircha noma‘lum”, dedi mulozim

Muzaffar Akromov bu vazifaga 2013 yilda, O‘zbekiston Milliy banki davlat-tijorat kengashi raisining o‘rinbosarligidan kelgan edi.

Bundan avval, u 2001-2013 yillarda “UZPAYNET” MChJning bosh direktori bo‘lib ishlagan.

O‘z faoliyati davomida O‘zbekistondagi bir qancha banklarda ishlagan Muzaffar Akromovning nima sababdan ishdan olingani hozircha ma‘lum emas.

Biroq norasmiy manbalarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda pensiya ta‘minotida sodir bo‘layotgan ketma-ket uzilishlar va pensiya mablag‘larining noto‘g‘ri sarflanishi Muzaffar Akromovning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan.

Uzmetronom Internet gazetasining yozishicha, so‘nggi paytlarda, hatto, Toshkent shahridagi pochta bo‘limlarida ham pensiya ta‘minoti kechika boshlagan.

Pochta bo‘limi xodimlarining bu nashrga aytishicha, 9-may – Xotira kuni oldidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga birdaniga beriladigan 700 ming so‘mlik mukofot pulini birinchi navbatda to‘lash shart qilib qo‘yilgani bois, pensiya berilishi kechikmoqda.

Jumladan, yanvar oyida Toshkent shahri tumanlarida pensionerlarning yarmidan ko‘pi pensiyasini ololmayotgani, qariyalar pochta bo‘limlarida tong otmasdan navbat olayotgani haqida Ozodlik xabar qilgan edi.

Rasmiylar pensiya ta‘minotidagi uzilish sababini banklar pochtalarni naqd pul bilan ta‘minlay olmayotgani bilan izohlaydi.

O‘zbekiston Markaziy Banki rasmiysi esa o‘z navbatida Ozodlik bilan suhbatda naqd pul taqchilligini tasdiqlar ekan, buning asosiy sababini muomalaga chiqarilgan pul banklarga qaytib tushmayotgani bilan izohlagan edi.

Pensiya ta‘minoti 2010 yilda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi qoshidagi Ijtimoiy ta‘minot bo‘limidan Moliya vazirligi huzurida tashkil qilingan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga olib berilganidan so‘ng pensionerlarda bir qancha muammolar paydo bo‘la boshladi.

Juda ko‘p qariyalar pensiya pulining kamaygani va pensiya jamg‘armalari ularni belgilanganidan ko‘p pensiya olganlikda ayblab, katta miqdorda qarzdor qilib qo‘ygani haqida Ozodlikka shikoyat qilgan.

XS
SM
MD
LG