Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:20

"Hurmati chiqarilgan" Karimov qasamyod qilayotib, sirlarini ochdi​


To‘rtinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan Islom Karimov yangi Prezident sifatida 10 aprel, juma kuni qasamyod qabul qildi.

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi shu voqeaga bag‘ishlangan tantanali marosimga aylantirildi.

Marosim davomida Islom Karimov nutq ham so‘zladiki, bu nutqni yangilangan Prezidentning navbatdagi muddat uchun programm nutqi – kelasi 5 yil uchun Prezident dasturi, deb qabul qilish mumkin.

Mazkur nutq-dastur matnini, u o‘qib eshittirilgan kuniyoq, O‘zA agentligi e‘lon qildi. Biroq e‘lon qilingan matn bilan Prezident nutqining TV olib ko‘rsatgan-eshittirgan jonli varianti orasida qator tafovutlar borki, Ozodlik o‘sha farqlarni bartaraf etmoqchi.

Islom Karimovning o‘ziga xos va o‘ziga mos nutqini bir uqishda tushunish oson emasligi uchun, uni o‘qish Siz tinglovchiga foydali bo‘ladi, deb o‘yladik.

Sarlavhasi bilan qo‘shib sanaganda 1295 so‘zdan iborat rasmiy nutqdan Islom Karimov hammasi bo‘lib 8 marta “chiqib” ketdi, ya‘ni oldindan rasmiy matnga kiritilmagan gaplarni aytdi. Natijada nutqda ishlatilgan so‘zlar soni qariyb 2000 taga yetib qoldi.

Nutqdan 8 marta qilingan “lirik chekinish” majlis ahlining ba‘zan qizg‘in, ba‘zan gulduros va ba‘zan davomli qarsaklari bilan 19 marta bo‘lindi.

Ba‘zi chekinishlar o‘z mazmuniga ko‘ra, rasmiy matnda kelgan fikrga qo‘shimcha izoh bo‘lsa, ba‘zilari Prezidentning printsipial qarashlari ifodasi bo‘ldi.

“Biz maqtanmaymiz”

Prezident rasmiy matndagi “oxirgi 10 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur‘atlari 8 foizdan oshib kelayotgani va 2015 yilda ham – shunga ishonchimiz bor – bundan kam bo‘lmasligini inobatga olsak, barcha narsa o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi”, degan gapni o‘qiganidan so‘ng, ikkinchi lirik chekinishida mana bunday dedi:

“Mana shu 8 foizdan oshirib yalpi ichki mahsulotimiz bugun qadam qo‘yayotgan ekan bu quruq gap emas. Bunga tayyorgarlik, juda chuqur tayyorgarlik, bizar mustaqillikka erishgandan buyon davom etyapti. Faqatgina boshida bizarni mana shu besh printsiplarga bizar hech qachon hech qayerda katta kichik minbarlardan maqtanganimiz yo‘q. Va kerak bo‘lsa takror-takror aytaman, maqtanish bu kimni aytaylik ishi bo‘ladi, maqtanish kishi faqat nomiga bo‘lgan davlatlarning maqtanishi deb hisoblash mumkin va biz bunqa yo‘lga hech qachon qadam qo‘ymaymiz” (qarsaklar)

Maqtanmaymiz, lekin maqtanamiz

Maqtanish O‘zbekistonga yot ekanini ta‘kidlagan Karimov matndan uchinchi marta chiqib ketar ekan, bundan 18 yil oldin kadrlar tayyorlash dasturini qabul qilib, to‘g‘ri ish qilganidan maqtandi.

Yoshlar haqida Prezident to‘rtinchi marta chiqqanida gapirdi:

“Va yana bir bor takrorlab aytishga ayni mana shu bugungi kunda to‘g‘ri keladi. Agarki bizar yoshlarimizni mana shunday tayyorlab chetdan kelgan, horijiy mamlakatlardan kelgan biznes vakillari ularni ko‘zi yonyapti, degan gaplarni man xuddi qulog‘imga umrbod chalinib turganini eshitadigan bo‘lsak va kelajakni ayni yangi avlod yosh avlod hal qiladi degan shiorni o‘zimiz uchun eng katta vazifa deb biladigan bo‘lsak bizar hech qachon kam bo‘lmaymiz” (qarsaklar)

Barak Obamaning xati va yana nimalardir to‘g‘risida

Karimov rasmiy matndagi “Shu borada amalga oshirayotgan ishlarimiz qatorida hayotimizni keskin o‘zgartirayotgan demokratik islohotlarni tezlashtirish, ularning samarasini oshirish bugungi kunda, hech shubhasiz, eng dolzarb vazifamizga aylanmoqda, desam, yanglishmagan bo‘laman”, abzatsini o‘qigach, dabdurustdan tushunish qiyin bo‘lgan mana bu – beshinchi lirik chekinishni qildi:

“Man shu fursatdan foydalanib takror takror aytishga to‘g‘ri keladi. Man bekor aytganim yo‘q maqtanish bizarga to‘g‘ri kelmaydi deb. Ya‘ni aytmoqchimanki, mana shu doim horijiy mamlakatlardan eng taraqqiy topgan davlatlar vakillari mana sheda bugun ishtirok etyotgan chet davlatlar vakillari posollari eeee doim bizar bilan suhbatda shularni eslatib o‘tadi, yaqindagi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti janob Barak Obama telegrammasida hammanigiz o‘qidingiz, hammasi gazetalarda chop etildi shu yerda nafaqat Amerika prezidenti boshqalaram ayni shu haqida takror takror esimizga qoldirishga va bizarni eslashimizga va oldimizga shu maqsadlarni qo‘yishga yana bir bor, yana bir bor shu ko‘rsatib o‘tdi bu bekor gap emas, agarki bizar rivojlanish yo‘lida, taraqqiyot yo‘lida eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirish avvalambor hayotimizi yangi boshga ko‘tarish avvalambor erkin ozod yashamoqchi bo‘sak birinchi navbatda demokratiyani hayotimizga tatbiq etish hech kimdan haqiqatanam bu sohada hech qachon orqada qolmaslikni istardim va silarni barchangizni shunga da‘vat etaman” (davomli qarsaklar)

Karimovning rasmiy matndan

oltinchi chekinishi qarsaklar;

ettinchi chekinishi dunyoning beshafqatligi;

sakkizinchi chekinishi mulkdorlarga erkinlik;

to‘qqizinchi chekinishi xususiy tadbirkorning erkinligi;

o‘ninchi chekinishi tekshiruvchi shaxsiy manfaati o‘ylamasligi lozimligi;

o‘n birinchi chekinishi iqtisodiyotda davlat ulushining qasqartirilishi lozimligi;

o‘n ikkinchi chekinishi o‘z manfaatini davlat manfaatidan ustun qo‘yadigan amaldorlarning kim ekanligini bilishi;

o‘n uchinchi chekinishi korrupsiya;

o‘n to‘rtinchi chekinishi aksiyadorlik jamiyatlarini tekshirish;

o‘n beshinchi chekinishi tashqi bozorlarni izlab topish

to‘g‘risida bo‘ldi. O‘z chekinishlarida Karimov aynan nima demoqchi bo‘lganini tushunish qiyin, albatta. Biz yuqorida ba‘zi bir kalit so‘zlarni keltirdik, xolos.

Prezident sirlarini aytdi?

Islom Karimov rasmiy matnni o‘qir ekan va matndan chekinish qilar ekan, 25 yillik prezidentlik o‘tmishiyu 5 yillik prezidentlik kelajagiga doir favqulodda sirni ochgani yo‘q. Lekin 16- lirik chekinishida, negadir, mana bunday dedi:

“Shuniyam silarga, azizlarimga, endi, bugun silar bilan uchrashayapman, nima deganda mani avvalambor hamkorlar qatoriga silar qachon kirgansilar va kerak bo‘lsa bugungi mana shunday ochiq prezident silarga o‘zini sirlarini aytib bersa agar silaram shu sirdor bo‘lasilarda va kerak bo‘sa manga yanada yaqinroq bo‘lasilar, to‘g‘rimi?” (gulduros qarsaklar)

Siyosat, ma‘naviyat va vatanparvarlik masalalariga o‘n yettinchi chekinish bag‘ishlandi

O‘n sakkizinchi chekinish iqtisodiy kurashni siyosiy kurash bilan alamashtirish noto‘g‘riligini tushuntirishga bag‘ishlandi.

“O‘zbekistonni yaxshi ko‘raman” medali

Bunday medalni ta‘sis etish va u bilan O‘zbekistondagi chet el diplomatlarini taqdirlash taklifini Karimov so‘nggi -19 lirik chekinishida ilgari surdi.

“Man shu diplomatlarga qoyil qolamanki, shunday o‘zini tutadiki bular va shaxsan o‘zimni aytaylik hurmatimni chiqaradiki, hech qachon, hech qachon shular bilan yomon kayfiyatda xayrlashganim yo‘q. Avvalambor bular diplomatlar elchilar muddati tugashi bilan shu xayrlashganda odam qandaydir xuddi o‘zini do‘stini kuzatganday shu 2 -3 yil davomida bular O‘zbekistonni do‘sti bo‘lib xayrlashadi va kerak bo‘sa bu fazilat mana shunday xususiyat kerak bo‘sa mana shunday odat qoida bo‘lib qoldi. Bironta elchi xayrlashishni hoxlamaydi. Va kerak bo‘lsa manga buyursa barcha barcha bugun ishlaydigan posollarga hammasiga aytaylik xalqimni hurmatimni yetqazmoqchiman va ikkinchidan yana nima istaysan, deb mandan so‘rasa xayrlashganda bitta bir aytaylik O‘zbekiston yaxshi ko‘raman, degan medal chiqarsak nima deysizlar?” (davomli gulduros qarsaklar)

XS
SM
MD
LG