Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:04

Navoiylik vrachlar kollej o‘quvchilari orasida "homila reydi" o‘tkazdi​


Navoiy viloyati, Nurota tumani tibbiyot birlashmasining bir guruh shifokorlari tumandagi kollejlarda o‘quvchilarning reproduktiv salomatligini tekshirish bo‘yicha reyd o‘tkazmoqda. Reyd davomida tumandagi ikkita kollejning ikki o‘quvchisi homilador ekanligi aniqlangan.

Ismi sir qolishini so‘ragan shifokorlardan birining Ozodlikka aytishicha, reyddan asosiy maqsad qizlarning homilasi bor-yo‘qligini tekshirishdir:

“Bunday topshiriq har yili Sog‘liqni saqlash vazirligidan keladi. Biz kollejlarga borib qizlarning salomatligini, jumladan, ularning homilasi bor-yo‘qligini tekshiramiz. Bu galgi tekshiruvda ham qizlarni UZI qilganda ikkita kollejdan ikki o‘quvchi qizning homilador ekanligi aniqlandi”, dedi shifokor.

Shifokorning aytishicha, bu qizlar Nurota tumanidagi qishloq xo‘jaligi va Sanoat kollejlarida tahsil oladi.

Navoiy viloyati tibbiyot birlashmasida ishlaydigan Ozodlik manbasining aytishicha, bu ikki qizning homilador ekanligi aniqlangach, ular haqidagi ma‘lumot militsiya va prokuraturaga topshiriladi:

“Bizning vazifamiz faqat aniqlab berish. Barcha ma‘lumotlarni tegishli organlarga topshiramiz. Ular bu holatlarga qanday chora ko‘rishi o‘zlariga havola”, dedi manba.

Navoiy viloyatidagi kollej direktorlaridan birining aytishicha, bunday holatlarda "aybdorlarga nisbatan jiddiy chora ko‘rilmaydi":

- Karmana tumanidagi kollejlardan birida o‘tgan yili shunday voqea bo‘ldi. Bir o‘quvchi qiz tug‘ib qo‘ydi. Keyin u bilan aloqada bo‘lgan yigitni topib, o‘shanga to‘y qilib berib yuborishdi. Bu yerda ham asosan birinchi ish bolaning otasini topish bo‘ladi, dedi kollej direktori.

O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra, qizlar 16 yoshgacha voyaga yetmagan hisoblanadi. Bu yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan jinsiy aloqa qilish jinoyat hisoblanadi.

O‘zbekistonlik huquqshunos Gulnora Eshonxonovaning aytishicha, faqat bir holatda, ya‘ni qiz o‘z yoshini katta qilib ko‘rsatib, u bilan aloqa qilgan odamni aldagan taqdirdagina ikkinchi tomon jazodan qutilib qolishi mumkin.

O‘zbekistondagi kollejlarda o‘quvchi qizlarning homilador bo‘lib qolish holatlari uchrab turadi.

So‘nggi yillarda maktab o‘quvchilarining ham homilador bo‘lib qolishiga oid bir necha holat ro‘y bergan.

Joriy yilning fevralida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida yashovchi 1-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagan 9 sinf o‘quvchisi to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Shu yilning yanvar oyida esa Xorazm viloyati Gurlan tumanining Guliston qishlog‘ida istiqomat qiladigan 12 yashar qizaloq o‘z akasidan farzand ko‘rdi.

O‘tgan yilning yanvar oyida esa 13 yashar singlisining nomusiga tegib, uni homilador qilgan Xorazm viloyati Shovot tumani Bo‘yrachi qishlog‘ida yashovchi 25 yashar yigit 13,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

XS
SM
MD
LG