Линклар

logo-print

Sardor Milano taxallusi bilan tanilgan Sardor Eshmuhammedov shanba kuni Rossiya Birinchi jamoatchilik kanalining "Glavnaya ssena" loyihasi g‘olibi bo‘ldi.

23 yoshli Sardor finalda tomoshabinlar ovozlarining qariyb 37 foizini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

13 yoshli Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini ijro etdi

13 yoshli Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini ijro etdi

O‘zbekistonlik Sabina Mustayeva esa ayni shu kanalning “Golos. Deti” qo‘shiq tanlovida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

13 yoshli Sabina finalda Crazy qo‘shig‘ini ijro etib, raqiblari Saida Muxametzyanova va Yevdokiya Malevskayalarni dog‘da qoldirdi.

U tomoshabinlarning 46 foiz ovozini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiya shou loyihalarida o‘zbekistonliklar ilk bor qatnashayotganlari yo‘q.

Bundan avval o‘zbepkistonlik xonanda Sevara Nazarxon Rossiyaning Birinchi jamoatchilik kanali “Golos” qo‘shiq tanlovida qatnashib, ikkinchi o‘rinni olgan edi. O‘tgan yili esa Nargiza Zokirova ayni loyihada muvaffaqiyat bilan ishtirok etgan edi.

Sabina Mustayeva Toshkentda tug‘ilgan. U taniqli bastakor Maksim Fadeyevning shogirdidir.

Sardor Milano esa taniqli o‘zbek kinorejissyori Elyor Eshmuhammedovning nevarasidir.

10 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda Sardor Milano:

- Men kontsert paytida barcha o‘zbeklarning qo‘llovini butun hujayralarim bilan his qilib turdim, - deb ta‘kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG