Линклар

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Biz O‘zbekistonda Georgiy lentasiga qarshimiz” nomli yangi guruh tashkil etildi. Ushbu guruhga a‘zo bo‘lganlar Georgiy lentasining O‘zbekistonda tarqatilishi va taqilishiga qarshi chiqmoqdalar.

16 aprel kuni O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi barcha xohlovchilarga Georgiy lentasini bepul ulashish tadbirini boshlashini e‘lon qildi.

O‘zbekistonda lentaning tarqatilishiga qarshi chiqqanlar uning “Rossiya imperializmi timsoli” ekanini aytishmoqda.

Georgiy lentasini taqiqlash chaqiriqlari O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham kuchaymoqda.

Bishkek shahar hokimiyati Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan shaharni bezashda mamlakat bayrog‘idagi ranglar ishlatilishini bildirdi.

Mintaqa mamlakatlarida G‘alaba kuni sifatida bayram qilinadigan 9 may O‘zbekistonda 1999 yildan buyon Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi.

Ozodlik muxbiri Facebookda “Biz O‘zbekistonda Georgiy lentasiga qarshimiz” guruhini tashkil etgan jurnalist Aziz Muhammad bilan suhbatlashdi:

XS
SM
MD
LG