Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:13

Putinga shikoyat qilish har doim ham samara beravermaydi​


16 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin navbatdagi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Nafaqaxo‘r Vasiliy Yeroxin prezidentga shaxsan arzlanish baxtiga erishdi. Yana bir nafaqaxo‘r esa Putinga savol jo‘natgani uchun pensiyasining bir qismidan mahrum bo‘ldi.

Putin donishmand sifatida taqdim etildi

Vladimir violyatidan sim qoqqan Ikkinchi jahon urushi veterani kvartira olish uchun juda uzoq navbat kutish kerakligidan nolidi. U o‘z ayoli bilan vaqtincha harbiy uyda oxirgi 64 yildan beri yashayotganini aytdi va Putindan bu jarayonni tezlatishda yordam berishini so‘radi.

Ertasi kuni Yeroxin yashayotgan viloyat rasmiylari oyning oxirigacha unga kvartira berilishini bildirishdi, lekin uning urushda qatnashganiga shubha bildirishdi.

“Jonli liniya” deb nomlanuvchi to‘rt soatli shou davomida Putin ruslarning elakdan o‘tgan savollariga javob beradi. Shou davomida Putin oddiy aholiga mehr-muruvatli va donishmand, ezgu niyatli lider sifatida ko‘rsatiladi. Shouda Putin ishchilar ololmayotgan maoshlar berilishini va‘da qilishi, tug‘ilgan kuniga ko‘ppak ololmayotgan ayolga yordam berishi mumkin.

Aslida bo‘lsa Rossiyada Putinga shikoyat qilish har doim ham ish bermaydi. Ba‘zi hollarda bu xatto muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

Samara shahrida yashovchi nafaqadagi fizika o‘qituvchisi Nelli Sirotkina bu narsani o‘z boshidan kechirgan. Nafaqasi ko‘paytirilishini so‘rayverganidan keyin uni jazolashdi.

“U avval nafaqalarni shu yo‘sinda oshirgan. Hamma xursand edi, u paytlar hammaning esida. Iltimos, barcha nafaqalarni birday ko‘taring. Bu odamlar hayotini ancha yengillatgan bo‘lardi, ayniqsa qashshoqlikda yashayotganlar hayotini”,deydi Sirotkina.

“Javobsiz savol”

Shouda Putinga berish uchun Sirotkinaning savolini tanlashmadi. Balki buning sababi nafaqa tizimini isloh qilish haqidagi rejalar tanqidga uchrayotgan bir paytda bunday savol nafaqaxo‘rlar orasidagi qashshoqlik mavzusini o‘rtaga olib chiqishi mumkindir.

Sirotkina oyiga taxminan 125 dollar nafaqa oladi. Buning yarmi kommunal xizmatlarga sarflanadi.Tobora o‘sib borayotgan inflyatsiya sabab Sirotkina non va pishloq yeb kun ko‘rishga majbur bo‘layotganini aytadi.

O‘tgan yilning iyul oyida Sirotkina Putinga xat yozdi. Samara gubernatori yordamchisi orqali xat Kremlga yetib bordi.

“Hech qanday javob yo‘q, nutqlarida ham”, deydi nafaqaxo‘r xo‘rsinib.

Samara gubernatori, hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi va hudud Ombudsmeniga yuborilgan maktublar ham biror natija bermadi.

Ammo Putinga xat yo‘llaganidan uch hafta o‘tib, Sirotkinaga pensiya jamg‘armasidan uning nafaqasi 10-15 dollarga ozaytirilishi haqida xabar keldi.

Jamg‘arma Sirotkinani ishlamay turib oliygohda o‘qigan davri uchun “noqonuniy ravishda oshiqcha pul olishda” aybladi. Nafaqaxo‘r Rossiya qonunlariga binoan o‘qigan yillari uchun ham haq olishi kerakligini aytadi.

“Ko‘nglim buzilib ketdi”, deydi u.

Shunday bo‘lsa-da, Sirotkina ko‘proq nafaqa olish uchun kurashishda davom etmoqchi. Yo‘qotadigan hech nimasi bo‘lmagan nafaqaxo‘r Putinning kelajakdagi anjumanlarida bu masalani ko‘tarmoqchi.

Aleksandra Sergeyeva va Kler Bigg qalamiga mansub ushbu maqolani Nodir Atayev tarjima qildi

XS
SM
MD
LG