Линклар

logo-print

Jizzaxdagi Ozodlik manbalariga ko‘ra, yaqinda viloyat futbol federatsiyasining sobiq vitse-prezidenti Baxtiyor G‘ofurov huquq-tartibot xodimlari tomonidan hibsga olingan.

Oxirgi oylarda G‘ofurov Jizzax futbol federatsiyasi qoshidagi futbolni rivojlantirish jamg‘armasiga yetakchilik qilayotgandi.

Bir-biridan mustaqil ishonchli manbalarning Ozodlikka ma‘lum qilishicha, sobiq professional futbolchi Baxtiyor G‘ofurov ustidan tergov ishlari olib borilmoqda.

U futbolni rivojlantirishga ajratilgan 2 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirishda ayblanayotgani aytiladi.

O‘zbekiston futbolini yaqindan kuzatuvchi mutaxassislarga ko‘ra, Baxtiyor G‘ofurov ustidan qo‘zg‘atilgan ish mamlakat futbol klublarida mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish hollarini tekshirishga qaratilgan jarayonning bir qismidir.

Kuzatuvchilarning ishonishicha, otaliqqa olingan futbol jamoalarida korruptsiya keng tarqalgan.

O‘tgan yillarda O‘zbekiston Oliy Ligasining “Neftchi” va “Sho‘rtan” kabi futbol rahbarlari sudga tortilgan edi.

Hozirda Samarqandning “Dinamo” klubida nazorat va tekshiruv ishlari ketayotgani xabar qilindi.

Shuningdek, Birinchi Ligada to‘p suruvchi jamoalarda ham tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG