Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:05

"Rossiyada yeyishga ham pul topish qiyin bo‘lib qoldi"


Rossiya hukumatining muhojirlarga nisbatan siyosatining kun sayin o‘zgarishi, keyingi paytda rus rublining qadrsizlanishi ushbu mamlakatda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining muammolari ko‘payishiga sabab bo‘layapti. OzodMaktubga o‘z dardini yozgan mushtariy bugungi kunda muhojirlarning vaziyati ancha keskin ekanini aytadi.

"Rossiyada ahvol kundan kunga qiyinlashayapdi. Qiyinligidan dalolat shuki¸ hattoki yeyishga ham pul topish qiyin bo‘lib qoldi. Uy haqini gapirmasa ham bo‘ladi. Bu shunchaki gapmas azizlar.

Kutyapmiz ahvol yaxshilanarmikan deb. O‘zgarishdan darak yo‘q. FMS ushlagan emigrantlarini deportatsiya qilish bilan ovora.

Bitta odam dokument qilish uchun 30-33 ming rubl sarflashi kerak bo‘layapti. Yeyishga pul topish amrimahol paytida qanday dokument qilish mumkin?

Davlat ishida dokument so‘rayapti. Bunga esa albatta pul kerak. Qurilishda ishlasa¸ posredniklar sochimdanam ko‘p. Ko‘pligiyam mayli, bir hafta ishlasa¸ ishidan bahona qidirib pul bermaydi. Maqsadi pul bermaslik.

Qanaqa zo‘r ustalar bor. Shularning ham pulini bermay¸ kidat qilayapti. Ko‘zimiz bilan ko‘ryapmiz shuni.

Ahvol yaxshilanarmikan, deb sabr qilinyapti. O‘zbekistonga ketamiz, desak u yerda pul topishning umuman iloji yo‘q. Nima qilishga ham aql bovar qilmayapti.

Rossiyada ishlab uy olaylik deb kelgandim. Ikkita kichkina bolamni ham olib kelgandim. Andijonga qaytay desam yashash uchun uyim yo‘q.

Ijarada o‘tirib zerikdim. Hech bo‘lmasa Rossiyada ishlab uy-joy qilvolay desam ahvol bunaqa.

Yurtimga qaytaylik desam erim ikkki bolam bilan ota-onamning uyida o‘tirishi erimni qiynaydi.

Rossiyada ahvol yaxshilanadimi yoki umid qilmay qo‘yaveraymikan?"

XS
SM
MD
LG