Линклар

logo-print

O‘zbekistonlik imom-xatiblar 2008 yili prezident Karimovning tashabbusi bilan ochilgan Markazda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, dunyoda kechayotgan voqealar, zamonaviy fan va texnika hamda texnologiya yangiliklariga oid yangi ma‘lumotlarni oladilar.

O‘zbekistondagi Imom Buxoriy xalqaro markazida mamlakat imom-xatiblari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita tarqatgan ma‘lumotga tayanib tarqatilgan xabarda aytilishicha, Samarqand viloyatida joylashgan xalqaro markazda ochilgan imom-xatiblar uchun kurslarning 2-tsikli 8 iyunda boshlangan.

Aytilishicha, Markaz 2008 yili prezident Karimovning tashabbusi bilan ochilgan bo‘lib, bu yerda imom-xatiblar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, dunyoda kechayotgan voqealar, zamonaviy fan va texnika hamda texnologiya yangiliklariga oid yangi ma‘lumotlarni oladilar.

Bundan tashqari imomlar qur‘onshunoslik, hadisshunoslik, fiqx sohalarida tadqiqotlar o‘tkazish, o‘tmishda yashagan ulug‘larning hayoti va ijodi bilan tanishish imkoniga egalar.

XS
SM
MD
LG