Линклар

"DNR" va "LNR" liderlari Rossiyaga qo‘shilish istagini bildirdi​


Donbass ayirmachi respublikalar rasmiy vakillari Denis Pushilin va Vladislav Deynego

Donbass ayirmachi respublikalar rasmiy vakillari Denis Pushilin va Vladislav Deynego

Dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinmagan Donetsk va Lugansk "respublika"lari Qrim yarim orolini "Ukraina tarkibidagi hudud", deya Ukraina Konstitutsiyasiga kiritgan o‘zgartishlarni qaytarib olmoqda.

Ayirmachilar Qrimni Rossiyaning bir qismi ekanini tan olib, kelajakda “Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish” istagi borligini bildirdi.

Bunday bayonot avvalroq Donbass ayirmachilarining Qrim va Sevastopolni Ukraina tarkibida ekanini tan olishi ortidan Rossiyada ko‘tarilgan katta shov-shuv ortidan qabul qilingani aytilmoqda.

DNR va LNR ayirmachilari Qrim va Sevastopolni Rossiyaning tarkibiy qismi ekanini e‘tirof qildi va kelajakda Rossiya tarkibiga qo‘shilish istaklari borligiga ishora qildi.

“DNR va LNR Qrimni so‘zsiz Rossiyaning bir qismi deb hisobga oladi. Undan tashqari, bizning respublikalarimiz ham kelajakda Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishni istaydi”, deyiladi ayirmachi respublikalar rasmiy vakillari Denis Pushilin va Vladislav Deynego tomonidan imzolangan bayonotda.

Donetsk axborot agentligi xabariga ko‘ra, Donbassdagi respublikalar Qrim va Sevastopolь nomi uchraydigan Ukraina Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartishlarni qaytarib olmoqda. Shunga qaramasdan, Donetsk va Lugansk vakillari tan olinmagan davlatlar maqomi Minsk shartnomalari asosida belgilanishi kerakligini eslatib qo‘ydi.

Darhaqiqat, Ukraina parlamentiga Donetsk va Lugansk xalq respublikalari yuborgan va Konstitutsiyaning 133 moddasiga kiritilishi so‘ralgan hujjatda “Ukraina ma‘muriy-hududiy tizimiga: Qrim avtonom respublikasi.... Kiyev va Sevastopol shaharlari kiradi” deyilgan.

Eslatish joyizki, bir kun oldin DNR va LNR tomonidan tuzilgan qo‘shma guruh Ukraina Konstitutsiyasiga o‘zgartish kiritish taklifi bilan parlamentga murojaat qildi. Unda Qrim va Sevastopol hududlari Ukraina tarkibidagi hududlar ekani ko‘rsatilgan. Bunday “o‘zboshimchalik” Rossiya “millatchi-vatanparvar” orasida katta shov-shuvni keltirib chiqardi. 9 iyun kuni ommaviy axborot vositalarida bu yangilik ayirmachilar Qrimni Ukraina tarkibida ekanini tan olishi deya qabul qilindi.

Keyinroq, hujjatni tuzishda ishtirok etgan Vladislav Deynego yarimorol maqomini belgilash ularning vakolat doirasiga kirmasligi, DNR va LNR faqat Ukraina Asosiy Qonunining o‘zlariga tegishli bo‘lgan qismini o‘zgartira olishi, loyihaning qolgan qismi amaldagi Ukraina Konstitutsiyasidan ko‘chirilganini bildirdi. Pushilin va Deynego “Ukraina propagandasi hatto shunday arzimas formalliklardan allaqanday siyosiy hodisa yaratishga urinayotganlik”da aybladi.

“Russkiy obozrevatel” sayti bosh muharriri, o‘zining millatchilik g‘oyalari bilan tanilgan Yegor Xolmogorov kuni-kecha “Izvestiya” gazetasida chiqargan maqolasida “Donbass kuratorlari”ni qattiq tanqid qildi va Rossiya hukumatini “kuzirdan foydalana olmaganlik”da aybladi.

Ayni paytda, tan olinmagan Donbass ayirmachilari takliflari Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma‘qullangan va “murosa uchun imkoniyat”, deb atalgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri muovini Grigoriy Karasin LNR va DNR kiritgan Ukraina Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar “Kiyev istak-xohishiga muvofiq yangi tinchlik kelishuvlariga yo‘l ochishi” to‘g‘risida bayonot berishga ham ulgurgan.

Bunga javoban, Rossiya tarkibidagi Qrim hukumati yangi boshlig‘i Sergey Aksyonov “Ishonamanki, hamkasblarim boshqa ma‘noni nazarda tutmagan, shunchaki adashib ketgan”, deya izoh berdi.

“Bu mavzuda keyingi ortiqcha gap-so‘zlarning paydo bo‘lishi oldini olish maqsadida, Ukraina konstitutsiyasiga Qrim va Sevastopol nomlari uchraydigan joylari to‘g‘risida kiritilgan o‘zgartish loyihasiniqaytarib olamiz”, deya bayonot berdi fikri o‘zgarib qolgan LNR va DNR vakillari.

Ukraina Konstitutsiyasiga jo‘natilgan o‘zgartishlarda Donbass mintaqasi Ukraina tarkibidagi maxsus maqomga ega hudud sifatida tan olinishi so‘ralgan.

XS
SM
MD
LG