Линклар

O‘zbekistonda nodavlatchilarning “tadbir” o‘tkazishi deyarli taqiqlandi


O‘zbekistonda mustaqil nodavlat tashkilotlarining o‘z tadbirlarini o‘tkazishi 2005 yil Andijon voqealari ortidan taqiqlangan edi.

O‘zbekistonda mustaqil nodavlat tashkilotlarining o‘z tadbirlarini o‘tkazishi 2005 yil Andijon voqealari ortidan taqiqlangan edi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi nodavlat va notijorat tashkilotlari tadbirlarini muvofiqlashtirishga oid yangi Nizomni tasdiqladi.

Interfaks agentligining vazirlikdagi manbasiga tayanib turib bildirishicha¸ yangi tartibga ko‘ra¸ nodavlat tashkilotining nizomidagi o‘z maqsadiga erishish uchun O‘zbekiston yoki xorij davlati hududida o‘tkazadigan har qanday konferentsiya¸ seminar¸ treyning¸ aksiya¸ “davra stoli” atrofidagi uchrashuvlar¸ simpozium kabi har qanday to‘plandisi tadbir deb talqin etiladi.

Bunday tadbir o‘tkazish rejasidagi har qanday nodavlat-notijorat tashkiloti o‘z ixtiyori bilan yil¸ kvartal yoki oy oxirida adliya tizimlariga murojaat qilishi lozim bo‘ladi.

Bunday tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida nodavlat tashkilotlari tegishli adliya idorasida uni o‘tkazishdan kamida 20 kun¸ xorij fuqarolari O‘zbekistonga keladigan bo‘lsa¸ bir oy oldin yozma tarzda murojaat qilishlari kerak.

Adliya idorasi esa¸ yangi Nizomga ko‘ra¸bu murojaatni ko‘rib chiqib unga ruxsat berilgan-berilmaganini yozma shaklda ma‘lum qiladi.

Agar rejalashtirilayotgan tadbir konstitutsiyaviy tuzumni kuch bilan ag‘darishni da‘vat qilish¸ O‘zbekiston suvereniteti¸ hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid solish¸ fuqarolar haq va erkinliklarini toptash¸ urush targ‘iboti¸ ijtimoiy¸ milliy¸ irqiy va diniy nizo qo‘zg‘ash¸ fuqarolar salomatligi va ma‘naviyatiga ziyonetkizishi mumkin”¸ deb topilsa¸ O‘zbekiston adliya idoralari uning o‘tkazilishiga ruxsat bermaydi¸ deyiladi yangi Nizomda.

Tadbir o‘tkazilishiga ruxsat berilgan taqdirda¸ nodavlat-notijorat tashkiloti rahbari uning taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan kabi o‘tkazilishini ta‘minlashi va adliya tizimi rasmiysining bu tadbirni monitoring qilish uchun unga erkin kirib-chiqishini kafolatlashi lozim bo‘ladi.

O‘zbekistonda ayni kunlarda 8100 tadan oshiq nodavlat-notijorat tashkiloti rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2005 yilgi Andijon voqealari ortidan mustaqil¸ xorij tashkilotlaridan moliyaviy yordam olib ishlaydigan har qanday nodavlat-notijorat tashkiloti O‘zbekiston hukumati tomonidan boshlangan tazyiq-ta‘qiblardan so‘ng mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG