Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 14:27

Ozodlik xabari ortidan Namangandagi shifoxonani prokuratura bosdi


Namangan shahar bolalar shifoxonasining bugungi ko‘rinishi.
Namangan shahar bolalar shifoxonasining bugungi ko‘rinishi.

Namangan shahar bolalar shifoxonasiga bog‘liq korrupsiya da‘volari yuzasidan Ozodlik tarqatgan xabar ortidan shahar prokuraturasi shifoxonada “surishtiruv-tekshiruv” ishlarini boshlagan.

Bu haqda Ozodlikka bolalar shifoxonasi xodimlari ma‘lum qildilar.

2 iyun kuni Ozodlik, ismi oshkor etilishini istamagan shifoxona xodimlarining da‘volariga asoslanib, shifoxona binosini ta‘mirlash maqsadida xodimlar maoshidan 50 mingdan 70 ming so‘mgacha ushlab qolinayotgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Ozodlik tayyorlagan mazkur lavhalar ortidan, bolalar shifoxonasi xodimlarining ma‘lum qilishicha, Namangan shahar prokuraturasi tekshiruv ishlarini boshlagan.

Jinoyat ishi ochilmagan, ammo surishtiruv-tekshiruv ishlari ketyapti, - dedi shifoxona xodimi. – Hozir juda qattiq tekshiruv bo‘lyapti”.

Uning ilova qilishicha, prokuratura hozirda Ozodlikka kim tomonidan ariza yo‘llanganini aniqlashga ham harakat qilmoqda.

Ayni ish yuzasidan Ozodlik hozirgacha Namangan prokuraturasidan izoh ololmadi.

Ozodlik manbalarining aytishicha, Namangan bolalar shifoxonasining bosh vrachi, Dilfuza Karimova, Namangan viloyati sog‘likni saqlash boshqarmasiga chaqirtirilib, unga muassasada tekshiruv ishlari boshlangani ma‘lum qilingan.

Dilfuza Karimova Ozodlik bilan suhbatda arz qilgan shifokorlarning barcha da‘volarini rad etdi.

Suhbatni tinglang.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:41 0:00
Бевосита линк

“Ta‘mir emas, rejali tozalov”

Namangan bolalar shifoxonasi
Namangan bolalar shifoxonasi

Namangan bolalar shifoxonasi boshlig‘iga ko‘ra, tibbiyot muassasasi darhaqiqat 3 iyundan berkitilgan, ammo u yerda ta‘mir emas “balki rejali tozalov ishlari” ketmoqda.

Dilfuza Karimova “tozalov ishlari uchun” shifoxona xodimlari maoshlaridan 50 mingdan 70 minggacha olib qolinayotgani haqidagi da‘volarni ham butkul inkor etdi.

"Men sizga to‘la xotirjamlik bilan aytaman. Bunaqa pul yig‘ilmagan. Men buni kim yozganini ham aniqlay olmayapman. Kelib yuzimga bu kimni kim oldi, deb ko‘rsatganida ham men, sizlaning oldingizda o‘zimni oqlar edim. Unaqa narsa bizda bo‘lmagan," - dedi Namangan shahar bosh vrachi.

Dilfuza Karimovaning bildirishicha, shifoxonani ta‘mirlash va jihozlash uchun maxsus fond mavjud bo‘lib, xodimlardan “bir tiyin ham olinmaydi”.

Uning ma‘lum qilishicha, shifoxonaning rejali tozalov ishiga mazkur jamg‘armadan 3 million 250 ming so‘m ajratilgan.

Dilfuza Karimova tozalov ishlariga “qonunga muvofiq ravishda” shifoxona xodimlari jalb etilganini, ammo ta‘mirlash ishlari uchun “5-6 usta” borligini aytdi.

11 iyun kuni Ozodlik bilan bog‘langan shifoxonaning ayrim xodimlari Karimova aytganlariga uyqash fikrni bildirdilar.

15 kun ichida 300 o‘rinlik shifoxonani ta‘mirlashga hech qanaqasiga ulgurib bo‘lmaydi. Bu ham xatda yozilganlarni umuman yolg‘onligiga isbot bo‘ladi. Ikkinchidan, xatda qo‘yilgan rasmdagi hudud bizning shifoxonamiz emas, rasmdagi xodimlar esa bizning xodimlarimiz emas. Bundan tashqari, rasmda remont ko‘rsatilmagan, bu - shanbalik hashar. Uchinchidan, xodimlar ish haqidan remont uchun mablag‘ ushlab qolish yo‘li umuman yo‘q! To‘rtinchidan, sizga berilgan ma‘lumotga ko‘ra, bosh vrachimiz yig‘ilish o‘tkazib, xodimlarga bosim o‘tkazdi, deyilgan. Lekin bosh vrachimiz unday qilmaydi. Bosh vrachimiz tarbiyali, madaniyatli inson. Hech qanday yig‘ilish o‘tkazilmagan,” – dedi ayni shifoxonada ishlaydigan xodim Ozodlik bilan suhbatda.

Bolalar shifoxonasining boshqa bir xodimi esa: "Ozodlikka shikoyat qilganlar ichida birortayam rost narsa yo‘q. Oylikdan pul olinmaydi. Bu haqda ko‘rsatma berishga butun kasalxona tayyor,” deb aytadi.

Bosh vrach va uni himoya qilishga urinayotgan boshqa vrachlarning 11 iyun kungi bu bayonotlari arafasida 8 iyun kuni Namangan bolalar shifoxonasi xodimlari tibbiyot muassasasini ta‘mirlash uchun maoshlaridan pul ushlab qolinayotgani to‘g‘risida Ozodlikka murojaat qilgan boshqa xizmatchilar o‘zlariga nisbatan bosim boshlanganini bildirgan edilar.

Bu haqda Ozodlikka ma‘lum qilgan shifokorlarga ko‘ra, kasalxona vrach va xizmatchilarini to‘plab majlis o‘tkazgan bosh vrach ularga birov so‘rab qolsa, ta‘mirlash ishlari homiylar hisobidan amalga oshirilayotganini aytishni buyurgan.

Ayni paytda¸ tozalov rejasiga muvofiq, 3 iyundan 15 kunga yopilgan shifoxonada dezinfektsiya, dezinsektsiya va deratizatsiya ishlari olib borilmoqda.

300 bemorga mo‘ljallangan Namangan shahar bolalar shifoxonasi bosh vrachning aytishicha, shifoxonadagi bemorlar shahardagi boshqa tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

XS
SM
MD
LG