Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:14

"Islomiy davlat" yangi jangarilarni Markaziy Osiyodan yollamoqda​


ID safiga qo‘shilgan va o‘zini o‘zbekistonlik sobiq tergovchi Abu Usmon, deb taqdim qilgan jangari.
ID safiga qo‘shilgan va o‘zini o‘zbekistonlik sobiq tergovchi Abu Usmon, deb taqdim qilgan jangari.

AQShlik ekspertlar va Davlat departamenti mulozimlari Markaziy Osiyo "Islomiy davlat" uchun yangi jangarilarni yollash markaziga aylanganidan xavotir bildirmoqda. Tahlilchilar terror guruh yoshlarni, asosan, iqtisodi zaif, inson huquqlari toptalayotgan mamlakatlardan yollayotgani bois, bu mintaqa ID nishoniga tushdi, degan xulosada.

AQShdagi ekspertlar "Islomiy davlat" safiga qo‘shilayotganlar tarkibi va ularni bu yo‘lga tortayotgan sabablarni tahlil qilarkan, terrorchi guruhning yangi jangarilarni iqtisodiy ahvoli nochor, hukumatlari nodemokrtik va repressiv bo‘lgan mamlakatlardan qidirayotganiga e‘tiborni qaratmoqda.

Natijada, Markaziy Osiyo mintaqasi "Islomiy davlat" uchun rekrut markaziga aylanib borayotgani tobora yaqqol ko‘rinmoqda.

BMT bergan hisobotga ko‘ra, ID a‘zolarining 25 mingga yaqini dunyoning 100dan ortiq davlatidan borgan jangarilardir.

AQSh hukumatining Terrorga qarshi kurash markazi hisobicha, xorijlik jangarilar orasida yuzlab tojikistonlik, qirg‘izistonlik va 1 mingdan ortiq qozog‘istonlik bor.

Bu hisobotda o‘zbekistonlik jangarilar soni haqida biror ma‘lumot berilmagan. Zotan, Markaziy Osiyoning nomi tilga olingan davlatlarida hukumatlar jangari fuqarolari haqidagi rasmiy raqamlarni e‘lon qilib kelmoqda. O‘zbekiston hukumati esa bu borada biror rasmiy ma‘lumot bergani yo‘q.

"Исломий давлат" янги жангариларни Марказий Осиёдан ёлламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:08 0:00
Бевосита линк

Norasmiy manbalar Suriya va Iroqning katta qismini ishg‘ol qilgan "Islomiy davlat" safidagi markaziy osiyolik jangarilarning asosiy qismini o‘zbekistonliklar tashkil qilishini ta‘kidlaydi. Turli manbalarda terror guruhi safidagi o‘zbekistonliklar soni 700 nafardan 3 ming nafargacha, deb keltiriladi.

Respublikachi kongressmen Kris Smit Markaziy Osiyo davlatlarida hukumatning yuqori pog‘onalarida ishlagan mulozimlarning IDga qo‘shilishi hollari uchrayotganiga e‘tiborni tortadi:

- O‘tgan haftada biz Tojikistonning terrorga qarshi kurash bo‘limida ishlagan yuqori lavozimli sobiq mulozim - AQShda malakasini oshirgan harbiyning o‘z lavozimini tashlab, IDga qo‘shilganini o‘rgandik, - deydi Kris Smit.

G‘arblik ekspertlar MO mintaqasidagi hukumatlarini bu borada noto‘g‘ri siyosat yuritayotganlikda ayblamoqda. Bu davlatlarda ildiz otgan korrupsiya aholining hukumatlardan xavfsalasi pir bo‘lib, avvaliga yaqin xorijga ish qidirib ketishi va u yerda rekrutchilar vositasida ID qo‘liga tushib qolishidagi asosiy omil sifatida keltirilmoqda.

Bundan tashqari, qonunlar va inson huquqlarining poymol qilinishi bu muammoga sabab bo‘layotgan jiddiy faktorlar sifatida sanalmoqda.

Natijada, abgorlashib borayotgan iqtisodiy ahvol va kuchayib borayotgan ishsizlik MO mintaqasidagi davlatlar aholisida norozilik uyg‘otgani "Islomiy davlat" uchun juda qo‘l kelayotgani kuzatilmoqda.

Tabiiyki, zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan jangarilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ham ID safi kengayishiga sezirlarli hissa qo‘shmoqda. Hozir AQSh hukumati dunyo davlatlari rahbariyatlari bilan IDning bu tarmoqlar yoki boshqa vositalar orqali yoyayotgan targ‘ibotini to‘sishga urinmoqda.

Biroq, terrorchilarning chaqiriqlaridan fuqarolarni to‘liq ixotalashning imkoni yo‘qligi ham e‘tirof etilmoqda.

Tahlilchilar bu muammoning asosiy yechimi, oxir-oqibatda, jangarilikka yoshlar ko‘p yollanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy ahvolni o‘nglash va imkon qadar tezroq yoshlarni ish bilan ta‘minlashga erishish ekanini ta‘kidlamoqda.

AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha assistenti muovini Daniel Rozenblum markaziy osiyolik jangarilarning ko‘pchiligi Rossiyadan yollanayotganini qayd etadi:

- Ishonchli statistik ma‘lumotlar bo‘lmasa-da, tadqiqotlar Suriya va Iroqdagi markaziy osiyolik jangarilarining katta qismi o‘z mamlakatlaridan tashqarida, asosan, millionlab yoshlar mehnat muhojiri bo‘lib yurgan Rossiyadan yollanayotganini ko‘rsatmoqda, - deydi Rozenblum.

Jorj Vashington universiteti qoshidagi Kiber va ichki xavfsizlik tadqiqot markazi vitse-prezidenti Frank Tsiluffo AQSh terrorga qarshi kurashda boshqa davlatlarga yordam berishi mumkin, ammo bu qisqa muddatli bir yechimdir, uzoq muddatli yechim esa har bir davlatning o‘zidan topilishi lozim, degan fikrni ta‘kidlaydi.

Shuningdek, ekspertlar Markaziy Osiyo hukumatlarini inson huquqlari ahvolini yaxshilash, mamlakatdagi ozchilik vakillariga quloq tutish va ularni bu kabi muammolar yechimiga jalb qilishga chaqirmoqda.

Maqola "Amerika ovozi"dan olindi

XS
SM
MD
LG