Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:23

“Qora ro‘yxat”dagi qirg‘izistonliklar Rossiyaga to‘siqsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi


Rossiyada ishlash va yashash tartibini buzganlikda ayblanib, millionlab mehnat muhojirlari "qora ro‘yxat"ga tirkalgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
Rossiyada ishlash va yashash tartibini buzganlikda ayblanib, millionlab mehnat muhojirlari "qora ro‘yxat"ga tirkalgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Rossiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun “qora ro‘yxat”ga kiritilgan va Rossiyaga kirishi taqiqlangan qirg‘izistonliklarga “amnistiya e‘lon qilindi”. Sankt-Peterburgda Rossiya va Qirg‘iziston rasmiylari bu borada 19 iyuldan kuchga kiradigan shartnomani imzoladi.

Sankt-Peterburgda 19 iyun kuni qirg‘izistonlik muhojirlarga yengilliklar berish nazarda tutilgan davlatlararo shartnoma Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romadovskiy va Qirg‘izistonning Moskvadagi elchisi Bolot Junusov tomonidan imzolandi. Shartnomani imzolash marosimida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ham ishtirok etgan.

- Mazkur shartnoma bir oy ichida, ya‘ni 19 iyuldan kuchga kiradi. Shartnomaga muvofiq Rossiyaga borgan qirg‘iz mehnat muhojiri 30 kun registratsiyadan o‘tmasdan yashash huquqiga ega bo‘ladi, - dedi Qirg‘iziston Mehnat, migratsiya va yoshlar ishlari vaziri o‘rinbosari Almaz Asanbayev.

Rossiya Federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romadovskiy mamlakat qonunchiligini buzgan 1 million 400 ming mehnat muhojiriga Rossiyaga kirish taqiqlangani haqida bildirgan edi.

Rossiyada istiqomat qilish qoidasini 120 kun buzgan xorij fuqarosi 3 yilga, 270 kunlik qoidabuzar - 5 yilga, 1 yil noqonuniy yashab kelgan muhojir esa 10 yilga “qora ro‘yxati”ga kiritilishi belgilangan.

19 iyun kuni Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan shartnomada mana shu “qora ro‘yxat”ga kiritilgan qirg‘izistonliklarga ham yengillik berilgan.

Almaz Asanbayevning aytishicha,“qora ro‘yxat”ga kiritilgan qirg‘izistonliklar 10 iyuldan 1 noyabrgacha Rossiyaga bemolol borib-kelish huquqiga ega bo‘ldi. Lekin bu yengillik faqat 3 yilgacha Rossiyaga kirishi taqiqlab qo‘yilgan muhojirlar uchun joriy etilgan. Rossiyaga 5 yil va 10 yilga kirishi taqiqlangan qirg‘izistonliklar bu imtiyozdan foydalana olmaydi.

- Bu katta yengillik bo‘ldi. Ayni paytda Rossiyada Qirg‘izistonning 190 ming fuqarosi noqonuniy yashamoqda. Bu “qora ro‘yxat”ga kiritilgan qirg‘izistonliklar sonidan uch barobarga ko‘p. Yangi shartnomaga asosan, bu fuqarolarning barchasi Moskvaga bemalorl borib kelish huquqini oldi. Ular 1 noyabrgacha yangi migratsiya kartasi asosida Rossiyada hujjatlarini qonunlashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi,-dedi Almaz Asanbayev.

Rossiya Federal migratsiya xizmatiga ko‘ra, hozir mamlakatda 3 million 600 ming noqonuniy mehnat muhojiri bor.

Rossiya Federal migratsiya xizmati mamlakatda noqonuniy yashab mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlikda gumonlanayotganlarning yarmidan ko‘pini O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari tashkil etayotganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG