Линклар

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida 22 iyun kungi yig‘ilishida 3 yildan buyon milliy terma jamoaga bosh murabbiylik qilayotgan Mirjalol Qosimov iste‘foga chiqarildi. O‘FF tvitter sahifasida yozilishicha, federatsiya prezidenti Mirabror Usmonov ishtirokida o‘tgan murabbiylar kengashida Qosimov o‘rniga Toshkentning “Paxtakor” klubi treneri Samvel Babayan tayinlangan.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 2012 yildan buyon murabbiylik qilib kelgan Mirjalol Qosimov bilan birga O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ham iste‘foga chiqarildi.

Bunga qadar u o‘z jamoasi 2014 yilda Braziliyada bo‘lgan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘llanmasini boy berib qo‘ganidan so‘ng iste‘fo so‘ragan, lekin federatsiya rahbariyati uning iste‘fosini qabul qilmay kelayotgan edi.

Ammo, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 iyunь kuni dastlabki bosqich saralash o‘yinlari doirasida Shimoliy Koreya jamoasiga 2 : 4 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng bosh murabbiyni o‘zgartirish masalasi yana ko‘tarildi.

Mirjalol Qosimovga ikki marta milliy terma jamoa bosh murabbiyligi topshirilgan.

2012 yilning iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida Eronga qarshi so‘nggi bosqich saralash bellashuvlari dastlabki uchrashuvini boy berishi ortidan, Vadim Abramovning o‘rniga ikkinchi bor Mirjalol Qosimov bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Bundan avval Qosimov 2008 yildan 2010 yilgacha milliy terma jamoa bosh murabbiysi bo‘lgan.

Ammo, milliy terma jamoa 2011 yili Osiyo Kubogi saralash bosqich uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizligi ortidan Qosimov vazifasini topshirgan va uni o‘rniga Vadim Abramov bosh murabbiy qilib tayinlangandi.

uff.uz saytining yozishicha, Qosimov murabbiyligi ostidagi yillarda milliy terma jamoa jami 54 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ulardan 22 tasida g‘alaba qozongan, 15 ta o‘yinda durang qayd etilgan, 17 ta uchrashuv mag‘lubiyat bilan yakunlangan. To‘plar nisbati 66-52 ni tashkil qiladi.

Mirjalol Qosimov Rossiya chempioni, deb topilgan va uch bor "O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini olgan.

XS
SM
MD
LG