Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:39

Xayriya: Besh yashar Mohira miya saratonidan operatsiyaga muhtoj​


Mohiraning hayotini saqlab qolish uchun uni zudlik bilan operatsiya qilish lozimligi aytilmoqda.
Mohiraning hayotini saqlab qolish uchun uni zudlik bilan operatsiya qilish lozimligi aytilmoqda.

Bundan bir haftacha avval boshqa bolalar kabi ko‘cha-ko‘yda o‘ynab yurgan toshkentlik besh yashar Mohiraning to‘satdan ko‘zi g‘ilaylashib qolgani ortidan uni vrachga olib borgan yaqinlari¸ qizchaning boshida saraton o‘smasi borligi va uning hayotini qutqarish uchun deyarli kech bo‘lganini eshitib hang-mang qolishdi.

Ko‘z o‘ngida o‘ynab yurgan bolaning sanoqli kunlik umri qolganidan esankiragan bo‘lsa-da¸ Mohiraning uyidagilar bunday tushkun gaplarni qabul qilmay¸ to‘rt tomonga tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishga kirishgan.

Rossiya va Hindiston klinikalariga yordam so‘rab qilingan murojaatlar ortidan Mohiraning hayotini operatsiya bilan qutqarishga umid beruvchilar Moskvadagi Burdenko institutidan topilgan.

O‘zbekistonlik vrachlar "qo‘limizdan hech narsa kelmaydi¸ uyga olib keting" deganidan so‘ng moskvadagilar Mohiraning hayotini zudlik bilan operatsiya orqali qutqarish mumkinligi va bu amaliyotni moliya bilan ta‘minlovchi maxsus jamg‘arma borligini bildirgan.

Ammo Mohiraning oilasini yumshoq qilib "kam ta‘minlangan" deb atagan qo‘shnilaridan biriga ko‘ra¸ qizchani Moskvaga olib ketish¸ unga zarur dori-darmonni sotib olish va oylab Moskvada muolaja uchun yashab qolishga bu oilaning puli yo‘q.

Mohiraning bobosi Mirsahat aka qorovulchilik¸ otasi esa¸ qandolatchilik bilan ro‘zg‘or tebratib kelgan. Oilani bilganlarning aytishicha¸ kundalik ro‘zg‘oridan ko‘p ham orttira olmagan bu oilaning¸ o‘z boshiga tushgan bunday kutilmagan zarbani qaytarishga moliyaviy jihatdan qurbi yo‘q.

"Bu oila shu qadar soddaki¸ hatto bankda biror hisobi ham yo‘q¸ hisob ochishni ham bilmaydi"¸ deydi Ozodlikka bu oila hayotini tasvirlab berganlardan biri.

Ramazon kunlari oila boshiga tushgan bu musibatdan xabar topgan qo‘ni-qo‘shni¸ qarindosh-urug‘ va ayrim savobtalablar¸ Mohirani zudlik bilan Moskvaga olib ketish uchun uchqich biletiga yetarli pul yig‘ib berishgan va hozirda kechi bilan uni payshanba¸ 25 iyun kuni Moskvaga olib kelib¸ o‘sha kuniyoq jarrohlik stoliga olish rejalanmoqda.

Ammo hozircha yig‘ilgan xayriya¸ Mohiraning hayotini qutqarib¸ uni oyoqqa turg‘izish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘ning bir shingili¸ xolos.

Toshkentning Kamolon mahallasida yashovchi bu oilaga xayr-ehson¸ hozircha bevosita Mirsahat aka uyiga borib¸ unga xayriyani topshirish orqaligina bo‘lmoqda.

Muborak ramazon - musulmonlar yo‘qsullarga hamdardlik tariqasida ham ro‘za tutayotgan oyda kambag‘al bu oilaning musibatdan chiqishiga ko‘mak berishni istaganlar¸ Mirsahat aka bilan bevosita telefonda bog‘lanib¸ Mohiraning muolajasi uchun ko‘nglidan chiqargan ehsonini qanday yetkazishni so‘rab olishlari kerak bo‘ladi (Mirsahat akaning mobil telefoni +998 93 5918502 , uy raqami +998 71 2456727).

Oilaning o‘z boshidan og‘ir kunlarni kechirayotganini inobatga olgan holda¸ ular tinchini moliyaviy yordam berishga chin dildan ahd qilingan taqdirdagina buzish joiz bo‘ladi.

(Ramazon oyida qiladigan ehsoningiz xayrli bo‘lsin va Olloh Mohiraga shifo bersin!)

XS
SM
MD
LG