Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:40

Ro‘mol yechtirish kampaniyasi Andijonga ko‘chdi​


Ozodlik manbalaridan ayon bo‘lishicha¸ Farg‘ona vodiysida ro‘molni shu shaklda o‘rayotgan yosh ayollarga ro‘molni orqadan o‘rash ma‘muriy bosim bilan "tavsiya" qilinmoqda.
Ozodlik manbalaridan ayon bo‘lishicha¸ Farg‘ona vodiysida ro‘molni shu shaklda o‘rayotgan yosh ayollarga ro‘molni orqadan o‘rash ma‘muriy bosim bilan "tavsiya" qilinmoqda.

Andijonning Eski shahar mavzesida ichki ishlar bo‘limi xodimlari ro‘mol o‘ragan ayollarni to‘xtatib, ro‘molini tomoq tagidan o‘ramaslikni talab qilmoqda. Bunga rozi bo‘lmagan ayollarning manzillari yozib olinib, uchastka nozirlariga topshirilyapti. Hatto, Ramazonda ro‘mollilarga bunday munosabat aholida norozilik uyg‘otmoqda.

Qo‘qon va Marg‘ilonda boshlangan tomoq tagidan ro‘mol o‘ragan ayollarning ro‘mollarini yechtirish kampaniyasi musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida Andijonga ham yetib keldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan bir-biridan mustaqil manbalarning aytishicha, Andijonning Eski shahar mavzesida erkak va ayollardan tarkib topgan militsionerlar guruhi tomoq tagidan ro‘mol o‘ragan ayollarni ro‘mollarini orqadan bog‘lashga undamoqda:

“Eski shahar mavzesida joylashgan Toj Mahal savdo majmuasi yonida organ xodimlari ro‘mol o‘ragan xotinlarni to‘xtatib ro‘molini yechishga harakat qilayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. “Ro‘molingni yech yoki tepadan o‘ra, deyishyapti. Bunga rozi bo‘lmaganlarni esa manzilini yozib olib uchastka noziriga berishyapti”, dedi andijonlik manba.

Boshqa bir andijonlikning aytishicha, qattiq norozilik bildirgan ayollar uchastka noziri kabinetiga olib kirilib, tushuntirish xatlari yozib olinyapti:

“Asosan, ayol militsionerlar xotinlarni to‘xtatib shu ishni qilyapti. Ularning ortida erkak militsionerlar kuzatib turibdi. Adreslarini bermaganlarga esa tahdid qilinyapti”, dedi ikkinchi manba.

Andijon shahridagi ismi sir qolishini so‘ragan uchastka nozirlaridan biri ro‘molli ayollarga qarshi shunday kampaniya olib borilayotganini Ozodlikka tasdiqladi:

“Menga tomog‘ini tagidan ro‘mol o‘ragan bir necha ayolning manzilini yozib berishdi. Bu qanaqa ayol, yaqinlaridan qamalganlar bormi, xullas informatsiya so‘rashyapti. Lekin hamma ro‘molli ayollarga ham bunday qilinmayapti. Asosan ro‘mol o‘ragan yoshlar bilan qiziqishyapti. Militsiya xodimlari yaxshilik bilan ularga tushuntiryapti, “singlim” yoki “opam” ro‘molingizni tomoq tagidan yechib ustidan bog‘lang, deyilyapti. Yechgani yechyapti, yechmagani esa xatga tushyapti. Bu buyruq viloyat ichki ishlar boshqarmasidan tushgan”, dedi uchastka nozirlaridan biri.

Joriy yilning aprel va may oylarida Farg‘ona viloyatiga qarashli Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarining markaziy bozorlari va jamoat joylarida hijobli ayollarning boshida ro‘moli majburan yechtirilayotgani to‘g‘risida Ozodlik xabar qilgan edi.

Bu xabarlardan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi Farg‘ona va Namangan viloyatlarida ayollarning ro‘molini yechtirishga mas‘ul shaxslar - aholini turli zararli diniy oqimlar haqida ogohlantiruvchi targ‘ibotchilar ekanini ta‘kidlagan va bir haftalik surishtiruvdan so‘ng qonunni buzganlar huquq-tartibot idoralari hukmiga topshirilganini aytgan edi.

XS
SM
MD
LG