Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:21

Interpol Toshkent vakolatxonasining sobiq rahbari Yuriy Savinkov qidiruvga berildi​


Qidirilayotgan shaxs O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi bo‘lgan.
Qidirilayotgan shaxs O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi bo‘lgan.

Interpolning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq boshlig‘i¸ MXX polkovnigi va tadbirkor 56 yashar Yuriy Nikolayevich Savinkov qidiruvga berildi. Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra¸ Yuriy Savinkov noqonuniy tadbirkorlik¸ katta miqdordagi valyutani davlat chegarasidan iznsiz o‘tkazish va korrupsiyada ayblanmoqda.

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati polkovnigi va mamlakatni Interpolda tamsil etgan mulozim qidiruvga berilgani to‘g‘risidagi iddaolarni bir-biridan mustaqil bir nechta manba Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda ilgari surdi.

"Yuriy Nikolayevich Savinkov O‘zbekistonga uskunalar jo‘natish niqobi ostida pul yuvish bilan shug‘ullanganlik va katta miqdordagi valyutani o‘zlashtirishda ayblanmoqda. Uning Dubaydagi uyiga keyingi uch oy davomida chaqriruv qog‘ozi yuborilganiga qaramasdan Savinkov tergov idoralari bilan kontaktga chiqmagan. O‘zbekistondan Dubayga maxsus borgan Bosh prokuratura vakillari Savinkovning o‘z uyida istiqomat qilmayotganligini aniqlashganidan so‘ng u qidiruvga berildi"¸ deydi Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot organlaridagi manbasi.

Ozodlikning boshqa manbasi iddaolariga ko‘ra, Savinkov o‘ziniing pul yuvish sxemalarini Latviyadagi o‘zbek tadbirkorlari bilan “jinoiy hamkorlikda” amalga oshirib kelgan.

"Mamlakat tashqarisidagi turli xolding¸ ko‘chmas mulk va foyda keltiruvchi bizneslar Savinkovning qizi Yuliya Savinkova va uning eri Yevgeniy Xaxalkov nomiga o‘tkazilgan. MXX soyaboni ostida turizm sohasidagi ishlaydigan Savinkovning o‘g‘li Igor Savinkov esa o‘z xizmat vazifasidan foydalanib, koruptsion sxemalarning xamirdan qil sug‘urgandek amalga oshirilishiga ko‘maklashgan", deydi manba.

Savinkovga qarshi O‘zbekiston va Latviya o‘rtasidagi huquqiy kelishuv bo‘yicha tergov eksprementi o‘tkazish uchun Rigaga olib borilgan va jinoyat olamida Husan Moskovskiy, degan nom bilan tanilgan, bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingan 58 yashar Husan Ziyamuhammedovning 31 may kuni ko‘rsatma berganini Ozodlik ma‘lum qilgan edi.

Bu ko‘rsatma asosida Latviya hududida biznesi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Yuriy Savinkov va Ovik Mkrtchyanlarga qarshi jinoyat ishi ochilganini iddao qilgan edi Ozodlik manbalari.

Gulnora o‘ch olmoqdami?

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova Turkiyaning “Hurriyat” va Britaniyaning “Guardian” nashrlariga bergan suhbatida Yuriy Savinkovni “MXX zobiti” deb atagan edi. Yana bir manbaga ko‘ra, Yuriy Savinkov O‘zbekiston MXXsi polkovnigi rutbasiga ega shaxs sifatida O‘zbekistonning Inetrpoldagi vakili ham bo‘lgan.

Yuriy Savinkovning qidiruvga berilishi¸ MXX generali Hayot Sharifxo‘jayevning ishdan olinishi va uning ukasi Javdat Sharifxo‘jayev ustidan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olinishi o‘ziga hos "siyosiy o‘ch olish" ma‘rakasi sifatida ham ko‘rilmoqda.

Gulnora Karimova 2013 yilda matbuot orqali qilgan chiqishlarida Yuriy Savinkov hamda Hayot va Javdat Sharifxo‘jayevlarga qarshi bayonotlar qilgan edi.

Jumladan, Turkiyaning “Hurriyat” nashriga bergan intervyusida Gulnora Karimova Savinkov va aka-uka Sharifxo‘jayevlarning korrupsiyaga aralashganini bildirgan edi.

Bu yozuvlardan bir yil o‘tib Gulnora Karimova Twitter-da qoldirgan yozuvlar va matubuotga bergan intervyularida ismi zikr bo‘lgan mulozimlarning ishi birin ketin “chappa ketayotgani”ni kuzatish mumkin.

XS
SM
MD
LG