Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:45

O‘zbekistonlik "vor v zakone" Guram Tashkentskiy Moskvada hibsga olindi


Asli o‘zbekistonlik "qonundagi o‘g‘ri" Gursel Sayfuloyev.
Asli o‘zbekistonlik "qonundagi o‘g‘ri" Gursel Sayfuloyev.

Moskvada asli Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridan bo‘lgan "vor v zakone" Gursel Sayfuloyev hibsga olindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Matbuot markazi xabariga ko‘ra, jinoyat olamida Guram Tashkentskiy laqabi bilan tanilgan Gursel Sayfuloyev Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Dastlabki tekshiruv paytida Sayfuloyev yonidan 1,2 gramm miqdorida narkotik modda topilgan.

Sayfuloyevga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 228- moddasi, 2- qismi (narkotik moddalarni sotib olish, saqlash, tashish, tayyorlash, qayta ishlash) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Vazirlikka ko‘ra, hozirda qo‘lga olingan shaxsning turli jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Moskva viloyati Domodedovo shahrida ro‘yxatdan o‘tgan Gursel Sayfuloyev so‘nggi yillarda Turkiyada istiqomat qilgan.

39 yoshli Gursel Sayfuloyev 2000 yilda "odam o‘g‘irlash", "tovlamachilik", "qurol saqlash va tashish" ayblovlari bilan sudlanib, umrining sakkiz yarim yilini panjara ortida o‘tkazgan.

Rossiyadagi jinoiy guruhlar faoliyatini yorituvchi veb sahifalarga ko‘ra, bir yil muqaddam Gursel Sayfuloyevga gurjistonlik "qonun o‘g‘rilari" tomonidan "o‘g‘rilik toji" kiydirilgan.

Uning asxika turklari orasida yagona "qonun o‘g‘risi" ekani aytiladi.

XS
SM
MD
LG