Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:52

O‘zbekistondan Ivanovoga paxta olib ketayotgan mashina ag‘darildi​


Voqea joyidan olingan surat.
Voqea joyidan olingan surat.

O‘zbekistondan Ivanovo viloyatiga 20 tonna paxta olib kelayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Mercedes yuk mashinasi haydovchilariga tibbiy yordam kerak bo‘lmadi.

Joriy yilning 3 iyuli, soat 19:30 larda Rossiyaning Ivanovo viloyati Rodnikovskiy tumanida O‘zbekistondan 20 tonna paxta tolasini olib kelayotgan katta yuk mashinasi yo‘l chetiga ag‘nab ketdi.

Rodniki-Shuya-Ivanovo-Kineshma chorrahasida sodir bo‘lgan bu hodisa guvohlari Mercedes haydovchilari o‘zlariga kerak bo‘lgan burilishdan o‘tib ketib qolib, yo‘l chetida to‘xtaganini yo‘l politsiyasi xodimlariga aytgan.

Ortga burilish uchun asfalt chetiga chiqqan katta yuk mashinasi oldinroq yoqqan qattiq yomg‘irdan ivib ketgan yerga bir tomondagi ballonlari bilan botib qolgan va birozdan so‘ng fura botqoqqa ag‘darilib tushgan, mashinaning bir qismi suvga cho‘kkan, old oynasi singan.

Yalangoyoq, ammo biror jiddiy jarohat olmagan o‘zbek haydovchilari trassaga chiqib olgani va Ivanovoga - yuk egasiga qo‘ng‘iroq qilgani xabar qilindi. Hodisa joyiga yetib kelgan avtoispektorlar protokol tuzdi.

Ma‘lum bo‘lishicha, Mercedes haydovchilari paxtani Vladimir viloyat bojxonasi orqali Kaminskiy qo‘rg‘onidagi to‘qimachilik fabrikasiga olib ketayotgan bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG