Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:49

Karimov Mustaqillik bayramiga kartoshka-piyozni hozirlab qo‘ydi​


O‘zbekistonda Mustaqillikning 24 yilligini nishonlashga hozirlik rasman boshlandi. Prezident bu bayramni ham "yuksak darajada o‘tkazish"ga qaror qildi va o‘z hozirligini bayon qildi. Qaror matnida 24 yilda erishilgan yutuqlar kartoshka-piyoz darajasidagi ikir-chikirlarigacha aniq bayon qilindi. Navbat Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi hokimiyat, biznes va fermerlarga keldi.

Shior: Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!

O‘zA agentligi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini e‘lon qildi.

17 iyul kuni matbuotda e‘lon qilingan qarorga binoan bu yilgi tadbirlar “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkaziladi.

Uqdirilsin: Davlatchilik, muqaddas islom, barkamol avlod

Prezident 24 yillik tantana oldidan, odatdagidek, bu yilgi dasturlarda xalqqa uqdirilishi kerak bo‘lgan gaplarni avvaldan tayinlab qo‘ydi:

"Mustaqillik biz uchun milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz, insoniy haq-huquq va qadr-qimmatimizni tiklash, urf-odat va an‘analarimizni, muqaddas islom dinimizni, buyuk ajdodlarimizning tabarruk nomlarini ulug‘lash, sog‘lom va barkamol yangi avlodni shakllantirish bo‘yicha ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan beqiyos imkoniyatlar ochib berganini keng aks ettirish".

Каримов Мустақиллик байрамига картошка-пиёзни ҳозирлаб қўйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:41 0:00
Бевосита линк

Misol: 90-yilda import yeganlar bugun ichki mahsulot yemoqda

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan 24 yil o‘tganiga qaramay, sobiq sovet zamonidagi ma‘muriy-buyruqbozlik tizimini qoralashdan boshlangan qaror matnida "yaqin o‘tmishda qoloq agrar respublika bo‘lgan" O‘zbekistonning aynan prezident Karimov ishlab chiqqan 5 tamoyil asosida "sanoati tez sur‘atlar bilan rivojlanib borayotgan" mamlakatga aylangani ta‘kidlangan.

Buning yaqqol namunasi o‘laroq, qora qozonni qaynatib o‘tirgan oddiy o‘zbekistonliklar tushunarli tilda bir misol keltirilgan:

"1990 yilda mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat tovarlari, avvalo don, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji import hisobidan qoplangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ularning 96 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilayotgani, mustaqillik yillarida aholi jon boshiga go‘sht iste‘moli 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlari – 1,6 karra, kartoshka – 1,7 marta, sabzavot – 2 barobardan ortiq, meva – qariyb 4 karra ko‘payganini el-yurtimiz farovonligi tobora ortib borayotganining amaliy tasdig‘i".

Vazifa: Daromad 9, iqtisodiyot 5,5 barobarga oshdi...

Qarorda 24 yillikka bag‘ishlangan turli tadbirlarda aholiga aytilishi kerak bo‘lgan yuksak natijalar birma-bir sanaldi:

- iqtisodiyotda sanoatning ulushi 25 foizga yetdi,

- iqtisodiyot 5,5 barobardan ko‘proq o‘sdi,

- aholining real daromadi jon boshiga qariyb 9 barobar oshdi,

- o‘tgan davrda 190 milliard dollar investitsiya jalb qilindi,

- fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotining 90-92 foizini ishlab chiqarmoqda,

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarmoqda,

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida jami ish bilan band aholining 75-77 foizi mehnat qilmoqda,

- yalpi ichki mahsulot hajmi jon boshiga 4 marta o‘sdi va hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 6,5 ming AQSh dollaridan ziyodni tashkil etadi,

- so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 278 ta bolalar musiqa va san‘at maktabi, 523 ta sport inshooti va 100 dan ziyod suzish havzalari qurildi va rekonstruktsiya qilindi,

- bugungi kunda mamlakatning 2 million nafar farzandi, jumladan, 840 mingdan ortiq qiz sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Unutilmasin: Chegaralar osha tahdid, hushyorlik...

Tabiiyki, bu gal ham Islom Karimov yurtga chegara narisidan kelayotgan tahdidlarni tildan qo‘ymadi va qarorda "chegaralar daxlsizligini asrash,.. turli mintaqa va hududlarda xavf-xatar va tahdidlar tobora kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh, sergak va hushyor bo‘lib yashash, safarbarlikni yanada oshirish" zaruratini alohida ta‘kidladi.

Mustaqillikning 24 yilligini nishonlaydigan o‘nlab davlat tashkiloti va ularning o‘nlab hududiy birlashmasi bayram tadbiri stsenariylariga bu jihatni ham singdirishlari zarurligi uqdirildi.

Qizig‘i, bu yilgi qarorda prezident Karimov "Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan tashkil etilgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e‘lon qilingan “Butunjahon baxt indeksi”ni yana tilga oldi. O‘zbekiston 158 ta mamlakat o‘rtasida 44-pog‘onani, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida 1-o‘rinni egallagani" misolida O‘zbekistonning "barqaror taraqqiyot sur‘atlarini teran ochib berish" vazifasini ham qo‘ydi.

Ijrochilar: Vazirlik, agentlik, birlashma va hokazo

Demak, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi kabi o‘nlab davlat tashkilotlariga uyushtiradigan bayram tadbirlarida yuqoridagi raqamlarni qaysidir bir shaklda ifoda etish vazifasi yuklandi.

Pul masalasi: Mahalliy byujet, xayriya...

Bu borada ham avvalgi yillardan jiddiy farq yo‘q:

"Bayram tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda xayriya mablag‘lari hisobidan; Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi".

Undirish yo‘li: Shavkat Mirziyoyev

"Mazkur qarorning ijrosini ta‘minlash O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin".

XS
SM
MD
LG