Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:07

Belarus prezidenti dam olish kuni 70 qop kartoshka terdi


Lukashenka oilasi va bir guruh yordamchilar bir yarim soat ichida 18 gektar maydondan 70 kop kartoshka terib olgan.
Lukashenka oilasi va bir guruh yordamchilar bir yarim soat ichida 18 gektar maydondan 70 kop kartoshka terib olgan.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenka va uning o‘g‘li Nikolay dam olish kunini Drozdidagi qarorgohi tomorqasida kartoshka va tarvuz, qovun terish bilan o‘tkazgan.

Belarus matbuotida Lukashenkaning mayka-trusikda kartoshka terayotgani aks etgan suratlar e‘lon qilindi.

Belarusning rasmiy BelTA axborot agertligi prezident Lukashenka oilasi va bir guruh yordamchilar bir yarim soat ichida 18 gektar maydondan 70 kop kartoshka terib olgani haqda xabar qildi.

Matbutda keltirilishicha, prezident terib olgan hosil yetimxonalar va kasalxonalarga jo‘natilgan.

Александр Лукашенко картошка терди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:42 0:00

XS
SM
MD
LG