Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:24

Rishtonda "xudkush jangari ayollarga" ov davom etmoqda​


Qurollangan ikki ayol hamon Rishtonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh Qalaynov qishlog‘ida ekaniga taxminlar bor.
Qurollangan ikki ayol hamon Rishtonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh Qalaynov qishlog‘ida ekaniga taxminlar bor.

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida jangari deb gumonlanayotgan ikki ayolni qidirish davom etmoqda. Ozodlikning viloyat kuch ishlatar idoralaridagi manbasiga ko‘ra, ikki kundan beri davom etayotgan amaliyot natija berganicha yo‘q, lekin qidiruvdagi ayollarni Rishtonning Qalaynov qishlog‘ida mahalliy aholi bir necha marta ko‘rgan. 16 avgust kuni to‘pponcha va granata bilan qurollangani va xudkush kamarini bog‘lagani aytilayotgan ikki ayol mahalliy xonadonlarga bosqinchilik uyushtirishi ortidan tuman ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari tomonidan qurshab olingan edi.

Ozodlikning Farg‘ona viloyati kuch ishlatar idoralaridagi manbasi Rishton tumanida ikki jangari ayolni qo‘lga olish amaliyoti hozircha natija bermaganini bildirdi.

Lekin, manbamizning aytishicha, qurollangan ayollar hamon Rishtonning Qirg‘iziston bilan chegaradosh Qalaynov qishlog‘ida ekaniga doir asosli taxminlar bor.

“Kecha (17 avgust kuni) kechqurun, soat 10lar atrofida Qalaynovda ikki ayolni mahalliy aholi ko‘rgan. Lekin xavfsizlik kuchlariga bu haqda xabar qilingunicha ular g‘oyib bo‘lishgan. Shundan keyin Qalaynov qishlog‘ining Qashqaryon mahallasida posbonlardan biri qo‘lida ratsiyasi bo‘lgan bir shubhali ayolni ko‘rgan, lekin u yordam chaqirgunicha ayol yana berkinishga muvaffaq bo‘lgan. Posbon mahalladagi bog‘ning ichida ayol ratsiyada turk tilida gapirayotanini eshitgan. U turkchasiga “geldim”, degan gapini eshitib qolgan. Posbon sheriklarini yordamga chaqirgunicha, ayol devordan sakrab o‘tib, o‘sha yerdagi hovlining makkapoyasi ichiga kirib ketgan. Posbonlar zudlik bilan uchastka noziriga qo‘ng‘iroq qilgan. Lekin voqea joyga yetib kelgan qidiruv guruhi ayollarni topa olmadi”, deydi Ozodlik manbasi.

Xavfsizlik idoralari tarqatgan qidiruv xabarnomasi
Xavfsizlik idoralari tarqatgan qidiruv xabarnomasi

Uning aytishicha, hozirda qidiruv ishlari yanada kuchaytirilgan tarzda davom etmoqda.

“Hozir 200ga yaqin guruh qidiruv ishlarida qatnashmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘inlari va posbonlarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Mahalliy aholi orasida qurollangan ayollarga yordam berayotganlar bo‘lishi mumkinligi ehtimoli tekshirilmoqda, lekin hozirgacha bu aniqlangani yo‘q”, dedi Farg‘ona viloyati kuch ishlatar idoralaridagi Ozodlik manbasi.

Rishton tumanida yirik qidiruv amaliyoti 16 avgust kuni to‘pponcha va granata bilan qurollangan hamda xudkush belbog‘ini bog‘lagani aytilgan ikki noma‘lum ayol mahalliy aholi xonadonlariga bosqinchilik uyushtirgani haqidagi xabarlar ortidan boshlandi.

Ozodlik manbalari tuman ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari tomonidan qurshab olinganini aytmoqda. Xavfsizlik idoralari tumanda tarqatgan qidiruv xabarnomasida ayollarning fotorobotlari va ularga oid tafsilotlar berilgan.

Xabarnomada aytilishicha, “16 avgust kuni qurollangan ikki noma‘lum ayol dastlab Rishton tumani Qalaynov qishlog‘ida yashovchi O. Alimovaning xonadoniga bostirib kirgan". Alimovaning baqirib, yordamga chaqirishi ortidan qurollangan ayollar “noma‘lum tomonga” qochishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.
Xabarnomada aytilishicha, “16 avgust kuni qurollangan ikki noma‘lum ayol dastlab Rishton tumani Qalaynov qishlog‘ida yashovchi O. Alimovaning xonadoniga bostirib kirgan". Alimovaning baqirib, yordamga chaqirishi ortidan qurollangan ayollar “noma‘lum tomonga” qochishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Xabarnomada aytilishicha, “16 avgust kuni qurollangan ikki noma‘lum ayol dastlab Rishton tumani Qalaynov qishlog‘ida yashovchi O. Alimovaning xonadoniga bostirib kirgan". Alimovaning baqirib, yordamga chaqirishi ortidan qurollangan ayollar “noma‘lum tomonga” qochishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda.

Shundan keyin noma‘lum ikki ayol, deyiladi xabarnomada, Rishton tumani Oq yer qishlog‘i Qum mahallasida yashovchi O‘rinboyevlar xonadnoiga bostirib kirib, xonadon bekasi D. O‘rinboyevani pistolet bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan va uydagi ikkita sandiqni buzib, 500 ming so‘m pulni olib qochishgan.

Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tarqatilgan qidiruv xabarnomasida ayollar 35 yoshlar atrofida ekani, biri turk millatiga mansub, ikkinchisi o‘zbekka o‘xshashi yozilgan. E‘londa ayollarning fotoroboti ham berilgan. Qidiruv e‘lonida ayollarning ikkovining ham belida shahidlik belbog‘i borligi aytilgan. Xabarnomada shuningdek ayollar F-1 granatasi va ovoz pasaytirgich o‘rnatilgan to‘pponcha bilan qurollangani aytiladi.

Jangari ekani aytilayotgan ikki ayolni mahalliy aholi bir necha marta ko‘rganiga qaramasdan, tumanga tashlangan ko‘p sonli xavfsizlik kuchlari ularni topa olmayotgani, hamda rasmiylar va mahalliy matbuot bu haqda ma‘lumot bermayotgani rishtonliklar orasida turli mish-mishlarning urchishiga sabab bo‘lmoqda.

Rishtonlik faol Bahodir Eliboyevning Ozodlikka aytishicha, mahalliy aholi orasida mazkur holat hukumat tarafidan maxsus uyushtirilgan provokatsiya, degan gap-so‘zlar tarqagan.

- Rasmiy xabar bo‘lmagani uchun aholi orasida bu maxsus uyushtirilgan, degan fikr keng tarqalgan. Shu yo‘l orqali hukumat chegara oldidagi xonadonlarni boshqa joyga ko‘chirmoqchi, deyishmoqda odamlar. Oldindan bu rejalar bo‘lgan, lekin sabab bo‘lmagan. Endi shuni sabab qilib bog‘lar va uylarni ko‘chirishadi, degan gaplar yuribdi. Ikkinchi taxmin har doimgidek, Mustaqillik bayramidan oldin xalqni xushyorlikka chaqirish va chegaralarni mustahkamlash uchun yana bir bahona, deyishyapti,- deydi rishtonlik faol Bahodir Eliboyev.

Farg‘onadagi manbalar xabariga ko‘ra, vodiydagi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga kirish postlarida nazorat kuchaytirilgan. Ushbu viloyatlarning qo‘shni davlatlar bilan chegaralaridagi postlarga ham qo‘shimcha kuchlar tashlangan.

Shu kunlarda nafaqat vodiyda balki O‘zbekistonning barcha hududlarida Mustaqillik bayrami oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

XS
SM
MD
LG