Линклар

O‘zbekistonda kontrakt asosida o‘qish haqi 1 sentabrdan 15 foizga oshirildi. Buning ortidan kontrakt narxining eng past ko‘rsatkichi deyarli 6 million so‘mga, kontrakt pulining eng yuqori darajasi esa deyarli 10 million so‘mga yetib qoldi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi 18 avgust kuni tasdiqlagan qarorda aytilishicha, muallimlarni tayyorlash, gumanitar, tabiiy va aniq fanlar, injinerlik, qishloq va suv ho‘jaligi, ijtimoiy ta‘minot, sport faoliyati, ekologiya sohalari bo‘yicha kunduzgi bakalavrlik yo‘nalishlari bo‘yicha ta‘lim olish haqi hozirgi 5 million so‘mdan 5 million 800 ming so‘mga ko‘tarildi.

Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, jurnalistika va informatika, axborot texnologiyalari, qurilish. Xizmat ko‘rsatish, transport sohalari bo‘yicha o‘qish haqi esa 5,5 million so‘mdan 6 million 300 ming so‘mga oshirildi.

Shuningdek, san‘atshunoslik va arxitektura yo‘nalishining kontrakti 5 million 950 ming so‘mdan 6 million 850 million so‘mga, iqtisod va biznes, sog‘liqni saqlash bo‘yicha o‘qish haqi 6 million 650 ming so‘mdan 7 million 650 ming so‘mga, xalqaro aloqalar, xalqaro iqtisod, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, yuridika sohalari bo‘yicha o‘qish haqi 7 million 450 ming so‘mdan 8 million 550 ming so‘mga yuqoriladi.

O‘zbekistonda kontrakt qiymati oshirilgani to‘g‘risidagi hujjat

O‘zbekistonda kontrakt qiymati oshirilgani to‘g‘risidagi hujjat

Sirtdan o‘quvchi talabalar to‘laydigan haqning eng oz miqdori shu kungacha 1 million 690 ming so‘m edi. 1 sentabrdan esa sirtdan o‘quvchi talabalar uchun shartnoma pulining eng oz miqdori 1 million 940 ming so‘m, eng ko‘p miqdori esa 2 million 700 ming so‘m bo‘lib qoldi.

Magistraturada o‘qishning eng arzon kontrakti hozirgi 5 million 480 ming so‘m o‘rniga 6 million 290 ming so‘m, eng qimmati esa 8 million 190 ming o‘rniga 9 million 400 ming so‘m bo‘lib qoldi. Ikkinchi mutaxasislikka ega bo‘lish uchun o‘qiyotgan talabalar ham shuncha miqdorda kontrakt puli to‘laydi.

O‘zbekistonda joriy yilda bakalavrlik uchun ajratilgan kvota 57 907 o‘rinni, magistratura uchun 5000 o‘rinni tashkil qiladi. Shulardan bakalavriyat uchun 37 487 o‘rin, magistratura uchun 3452 o‘rin kontrakt asosida o‘qiydigan shaxslarga ajratilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda oliy o‘quv yurtlariga kirish va o‘qish jarayoni o‘ta korruptsiyalashgani aytib kelinadi.

Ozodlik radiosining norasmiy manbalari¸ bu yil shifokorlik¸ militsonerlik, prokurorlik¸ soliqchi va moliyachilikka o‘rgatuvchi universitetlarga kirish “narxi”ning 30 mingdan 70 ming AQSh dollariga chiqqanini xabar qilmoqda.

Qarshidagi universitetlardan birining talabasi esa Ozodlik radiosiga quyidagi mazmunda maktub jo‘natgan edi:

“Domlalarimiz institutni bozorga aylantirib yuborishgan, baho uchun bemalol savdolashib sessiyani yopsa buladi, manga o‘xshagan puli yo‘q talabalar 2- vedomostga qolib ketaveradi va bir oylik stipendiyadan quruq qoladi.

Mustaqil ish, Referatlani topshirganimizdan keyin starosta kelib, o‘ziga o‘zi yoki narxni aytadi. O‘ziga o‘zi degani bu 3 bahoga 30 ming, 4 bahoga 40 ming, 5 bahoga 50 ming so‘m berish kerak.

Bilim berish darajasi juda past, xattoki oddiy maktab o‘quvchisi bemalol talaba yecholmagan misollarni yechishi mumkin. Bitta sessiyada o‘rtacha 400-500 ming so‘m ketadi”, deb yozgan edi Ozodlikka qarshilik talaba.

XS
SM
MD
LG