Линклар

50 йилдан буён тупроққа ботган кўчамизга бир келинг!


Uzbekistan - Alisher Navoiy street of Romitan district center, Bukhara region

Uzbekistan - Alisher Navoiy street of Romitan district center, Bukhara region

"Бухоро вилояти Ромитан туманидаги Алишер Навоий кўчаси аҳли номидан" Озодликка йўлланган мактубда кўча ярим асрдан буён таъмир кўрмагани, қарийб 100 хонадон аҳли туман марказига тупроқ кечиб қатнаётганидан шикоят қилинди. Ўнлаб сурат илова қилинган мактубда иддао қилинишича, кўча аҳли йиллардан буён туман ҳокимиятига арз қилмоқда, аммо фойдаси бўлмаётир.

OzodMikrofonга йўлланган мактубдан таҳрирсиз олинган парчаларни ўқинг:

"Buxoro Shaxri Rometan tumani Alisher Navoiy ko'chasi... tashkil topganiga 50 - 60 yildan ziyod bo'lgandir adashmasam. Shu yillar ichida biror marotaba asvlat u yoqda tursin, bir dona shag'al toshi ko'rmagan ko'cha. Doim qishda qarib tizzagacha loy bilan qoplanadi. Yozda esa bir qarich to'prok .

Ko'cha markazda jo'ylashgani markaziy bozorimiz yaqin bo'lgani uchun divijeniya katta/ Ko'chada yomg'ir yog'sa tomom, yurishning vapshi iloji yo'q. Odamlar majburan loylarga botib, bozor qatnashadi. Yozda esa chang, to'pir xok.

Ko'cha axli har yili xokimiyatga ariza yozib chiqishadi... har doimki vadalar yo baxonalar, yaqinda tamirlashni boshlaymiz yoki shunga o'xshagan oldi-qochdi vadalar lekin. Xech qanaqa chora ko'rilmaydi.

Xokimimiz doim ko'cha boshida 5 yildan buyon davom etayotgan 4 qavatli domni remontini kelib ko'rishga vaqtlari boru lekin qop-qora qilib moylangan tuflilari bilan ko'chaning ichki qismiga kirishga vaqtlari yo'q...

Ko'cha boshida yog'ochni qayta ishlab chiqaradigan sex ochilgan, Shu sexni nachalniklarini vijdoni bor... ko'chaga eng past sortdan shag'al keltirishub piyoz po'stidek qilib tekislab ketishadi. Chunki bularni sexiga har kuni kamazlarda yog'och olib kelishadi. Bir martta o'tsa bo'ldi ko'chaga ko'tarilgan chang bir necha soat turib qoladi...

O'sha changlarda yosh bolalar o'ynashadi. Tipa kak detuskiy plashatka qilib, qaysidir suv sepib, loy qilib og'izlariga ham solib yuradi. Yosh bola qayerdan bilsin bu ko'chalar qog'ozda alla qachon asvat bo'lganini...

Iltimos bir ilojini qilinglar, ko'cha achinarli xolda bu ko'chada nuroniy otaxonlar xomilador ayollar yosh bolali oylalar juda ko'p. Oldindan raxmat Alisher Navoiy ko'chasi va Rometan axlidan!!!"

Озодлик бу мактуб ортидан унинг муаллифи билан боғланди. Бу тингловчи исмини ошкор этмасликни сўради ва овозли интервью беришни ҳам истамади.

Унинг қўшимча қилишича, кўча бошида туман Саноат коллежи ҳам жойлашган ва кўча оқсоқоллари коллеж раҳбариятига ҳам мурожаат қилган, аммо бу ҳаракат ҳам кутилган натижани бермаган. Шунингдек, бу тингловчи маҳалла аҳлининг юқори истанцияларга қилган давомли мурожаатлари жавобсиз қолаётганини иддао қилди.

Озодлик бу шикоятни ўрганиш ҳаракатида, янгиликларни сайтимизда кузатиб боринг!

Муҳим эслатма: “Озод микрофон” рукни остида берилаëтган фикр-мулоҳазалар оддий ўзбекистонликларнинг шахсий кўз қарашлари ифодаси ва бу мулоҳазалар учун Озодлик таҳририяти масъул эмас!

Қуйида мактубга илова қилинган суратларни томоша қилинг:

XS
SM
MD
LG