Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:37

O‘zbekistondan chiqarilmagan rassom Oxunov asari Berlinda sovrin oldi


Taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning “Hollivud super yulduzlari“ asariga Berlin festivali sovrini berildi. Asarda Hollivudning yulduzlar hiyobonidagi tasvirlarga ironiya tarzida Lenin, Gitler, Bin Ladin, Humayniy portretlari tasvirlangan. Oxunov chiqish vizasi berilmagani bois ko‘rgazmada ishtirok etmayapti.

O‘zbekistonlik taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning “Hollivud super yulduzlari“ asari Berlinda boshlangan tasviriy san’at festivali sovriniga sazovor bo‘ldi.

Ushbu asarda rassom Hollivudning yulduzlar hiyobonidagi tasvirlarga ironiya tarzida Lenin, Gitler, Bin Ladin va Oyatulloh Ali Humayniy portretlarini tasvirlagan.

Berlinda 23 dekabrga qadar davom etib, Hamburg, Bern va Drezdenda ham namoyish qilinadigan bu ko‘rgazmada dunëning 14 mamlakatidan 74 rassom ishtirok qilmoqda.

O‘zbekistondan faqat rassom Vyacheslav Oxunovning asarigina ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

Rassomning o‘zi bir necha yildan beri chiqish vizasi berilmagani bois ko‘rgazmada ishtirok etmayapti.

Ko‘rgazma ochilishida gapirgan taniqli rassom Konstantin Zvezdochetov 67 yashar Vyacheslav Oxunovni “diktatura zindonida qolayotgan rassom” deya ta’rifladi.

XS
SM
MD
LG