Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:46

Ozarbayjonda politsiya va dindorlar o‘rtasidagi otishmada kamida 6 kishi halok bo‘ldi


Ozarbayjon poytaxti Boku yaqinidagi Nardaran qishlog‘ida 26 noyabr kuni ichki ishlar xodimlari va bir guruh dindorlar o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, otishma chog‘ida 6 kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi halok bo‘lgan.

Ozarbayjon poytaxti Boku yaqinidagi Nardaran qishlog‘ida 26 noyabr kuni ichki ishlar xodimlari va bir guruh dindorlar o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, otishma chog‘ida 6 kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi halok bo‘lgan.


IIV bayonotiga ko‘ra, Nardaranda politsiya bilan to‘qnashgan kishilar dinni “niqob qilib olib, mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga urinayotgan qurolli jinoiy guruh a’zolari”dir. Vazirlik bu odamlarni shariat qonunlariga asoslangan diniy islomiy davlat qurish va radikal harakatni moliyalashtirishda ayblagan.

Mazkur harakatning “shtab”i, IIV iddaosicha, aynan Nardaran qishlog‘ida bo‘lgan va bu qishloqda o‘tkazilgan majlislarda odamlar go‘yo Ozarbayjonning qonuniy hukumatiga qarshi ehtimoliy isyon masalasini muhokama qilganlar.

Politsiyachilarga ko‘ra, ular payshanba kuni taniqli musulmon olimi Tale Bagirzoda va’z o‘qiyotgan joyda harakat a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgan. O‘sha paytda olimning tarafdorlari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan.

Politsiya iddaosicha, qo‘lga olinganlarning tarafdorlari politsiyachilarga qarata avtomatlardan o‘t ochgan va granata otgan. Bunga javoban IIV xodimlari ham ularga qarata o‘t ochgan va to‘rt kishini o‘ldirib, bir necha kishini yarador qilgan.

Bu voqeadan keyin Nardaran ahli sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan norozi izhor qilish maqsadida qishloqdagi maydonga yig‘ilganlar.

Politsiya Sabunchu qishlog‘idagi otishma chog‘ida jarohat olganlar keltirilmish 3-kasalxonani ham o‘rab olgan va ichkariga hech kimni qo‘ymagan. Shu sababdan otishma oqibatida halok bo‘lgan va yaralanganlarning soni qancha ekani to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Kasalxona bosh shifokori u erga uch yarador keltirilgani, operatsiya qilingani va endilikda ular hayotiga hech qanday xavf yo‘qligini aytgan. Bosh shifokor halok bo‘lganlar haqida unda ma’lumot yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.

Islom olimi Tale Bagirzoda ayni paytda qaerda ekani haqida hech qanaqa ma’lumot yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bilan birga yana bir necha kishi hibsga olingan.

“Musulmon birligi” jamoatchilik tashkiloti lideri va yaqin o‘tmishda siyosiy mahbuslardan biri bo‘lgan Tale Bagirzoda va’zlarida Ozarbayjon rasmiylarini tanqid qilib kelgani bilan tanilgan.

2013 yilda u giyohvand moddalar saqlaganlik hamda mashhur qo‘shiqchi Zaynab Xonlarovaning Nardarandagi dala hovlisiga o‘t qo‘yilishini uyushtirganlikda ayblanib, hibsga olingandi. Biroq keyinchalik bu ayblovlarning birontasi isbotini topmagan.

Shu yilning 3 noyabrь kuni Tale Bagirzoda Bokuning Yasamal tuman politsiya boshqarmasida ayovsiz kaltaklangandi.

Bu orada Ozarbayjon Bosh prokuraturasi Nardaranda sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuv yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Eldor Sultonov Og‘ir jinoyatlar bo‘yicha tergov boshqarmasida bu ish bilan shug‘ullanadigan tezkor-tergov guruhi tuzilganini bildirdi. Sultonovga ko‘ra, hozirda qurolli to‘qnashuvning barcha ishtirokchilari va ularga yordam berganlarning shaxsini aniqlash hamda aybdorlarni jazoga tortish bo‘yicha oshig‘ich tezkor-tergov tadbirlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG