Линклар

logo-print

Bugun Shvetsiyadagi Ostershund shahrida o‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarovga suiqasdda ayblanayotgan Yuriy Jukovskiy ustidan 23 noyabr kuni boshlangan mahkama jarayoni yakunlandi.

Bugun Shvetsiyadagi Ostershund shahrida o‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarovga suiqasdda ayblanayotgan Yuriy Jukovskiy ustidan 23 noyabr kuni boshlangan mahkama jarayoni yakunlandi.

Prokuror Jukovskiyga bir umrlik qamoq jazosi so‘radi. Uning ishonishicha, suiqasdga Obid qorining faoliyati sabab bo‘lgan.

Sud so‘ngida hakam Jukovskiyni hukm e’lon qilingunga qadar qamoqda saqlanishini ma’lum qildi. Hukm 15 dekabrgacha e’lon qilinadi.

57 yoshli Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida noma’lum shaxs tomonidan otib ketilgan.

O‘zbekiston hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan bo‘lgan Obid qori Nazarov hamon shifoxonada yotibdi.

XS
SM
MD
LG