Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:43

“O‘zmetkombinat”ning o‘ndan ortiq mutaxassisi ishdan haydaldi


Uzbekistan - Bekobod city of Tashkent region, 19 June 2015
Uzbekistan - Bekobod city of Tashkent region, 19 June 2015

Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Rossiyada o‘qib kelgan o‘n nafardan ortiq malakali mutaxassisi ishdan haydaldi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, radikal diniy oqimlarga aloqadorlikda gumonlangan bu mutaxassislardan “o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash” haqida ariza yozdirib olingan.

Bekobod shahridagi O‘zbekiston metallurgiya kombinatining Rossiyada o‘qib kelgan o‘n nafardan ortiq malakali mutaxassisi ishdan haydaldi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, radikal diniy oqimlarga aloqadorlikda gumonlangan bu mutaxassislardan “o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash” haqida ariza yozdirib olingan.

O‘zbekiston metallurgiya kombinatining o‘n nafardan ziyod malakali mutaxassisi ishdan haydalgani haqida Ozodlikka xabar bergan kombinat ishchilaridan birining yozishicha, mutaxassislar Milliy xavfsizlik xizmatining ko‘rsatmasiga binoan ishdan bo‘shatilgan:

“Kombinat rahbariyati MXXning buyrug‘i bilan 10 nafardan ortiq mutaxassisni ishdan bo‘shatib yubordi. Aniqrog‘i, bu mutaxassislar “o‘z xohishiga ko‘ra” ishdan ketishga majburlandi. Bu yigitlar “Moskva po‘lat va qotishma instituti”da o‘qib, mutaxassis bo‘lib qaytgan edi. Ularni kombinat o‘z hisobidan o‘qittirgan edi. Aytishlaricha, bu yigitlar o‘qish paytida terrorchilik guruhlari bilan aloqa qilishda gumonlanayotgan ekan”, deyiladi maktubda.

Ismi sir qolishini so‘ragan kombinat mutaxassislaridan birining Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda aytishicha, zavod katta pul sarflab o‘qittirgan o‘z mutaxassislarini ishdan bo‘shatishga majbur bo‘lgan:

“Bu yigitlar qora metallurgiya bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishga kelgandi. Bular injenerlar, mexaniklar, texnologlar edi. Aytishlaricha, milliy xavfsizlik xizmati ular o‘qiyotgan paytda qandaydir radikal guruhlar bilan aloqada bo‘lganini aniqlaganmish. Lekin bu bolalarga jinoyat ishi ochilganidan xabarim yo‘q. Bizning kombinat strategik muhim korxona bo‘lgani uchun, balki, bu erda ishlagani qo‘yishmagandir. Lekin korxona bu mutaxassilarni katta pul sarflab kontrakt asosida o‘qittirgan edi”, dedi kombinat mutaxassislaridan biri.

Mazkur kombinatdagi tsehlardan birining ismi sir saqlanishi sharti bilan gapirgan boshlig‘i mutaxassislardan “o‘z ixtiyori bilan” ishdan ketish haqida ariza yozdirib olinganini tasdiqladi:

“Bu yigitlar hammasi ishlab yurgandi. Keyin ularga ishdan ketish haqida ariza yozish taklif qilindi. Taklif endi qaerdan bo‘lganini bilib turgan bo‘lsangiz kerak. Shu bilan ishdan ketishdi”, dedi kombinat mulozimi.

Moskva po‘lat va qotishmalar institutining MDH bilan aloqalar bo‘yicha prorektori Vyacheslav Xvanning Ozodlikka aytishicha, har yili bu oliygohni o‘nlab o‘zbekistonlik talabalar o‘qib tugatadi:

- Men yaqinda O‘zbekistonda bo‘lgandim. U erda bizning bitiruvchilarimiz haqida iliq gaplarni aytishdi. Yaxshi mutaxassislar tayyorlabsiz, deb aytishdi. Lekin u yigitlarning bizda o‘qigani paytida qandaydir terrorchi guruhlar bilan aloqa qilganmish, degan gaplardan xabarim yo‘q. Bu yil ham bakalavr yo‘nalishiga 15 nafar studentni qabul qilganmiz. O‘zbekiston metallurgiya kombinati bu talabalar kontraktlarini to‘layapti,- dedi Vyacheslav Xvan.

So‘nggi paytlarda xorijdan ishlab, o‘qib qaytgan o‘zbekistonliklarni ekstremistik guruhlarga aloqadorlikda gumonlab hisbga olish holatlari ko‘paydi.

Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida so‘nggi uch hafta mobaynida 200 dan ortiq odam “Iroq va Shom islom davlati” (IShID) guruhi, Hizb ut tahrir va boshqa ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olingani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG