Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:12

Xorijdan yuborilgan dollarni o‘zbek banklaridan olish qiyinlashmoqda


Ozodlikka murojaat qilgan ayrim mehnat muhojirlariga ko‘ra¸ Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish tizimlari orqali yuborilaëtgan dollarlarni chiqarib olish tobora murakkablashmoqda. Aytilishicha¸ pulini olish uchun bankka kelganlarni “dollar yo‘q” degan asosda ikki-uch kunlab orqaga qaytarib yuborish ortidan¸ kunlab sovuqda navbat kutishdan charchaganlarga 5 dollardan 20 dollargacha “xizmat haqi” evaziga pulni tez olib beradiganlar paydo bo‘lgan

Ozodlikka murojaat qilgan ayrim mehnat muhojirlariga ko‘ra¸ Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish tizimlari orqali yuborilaëtgan dollarlarni chiqarib olish tobora murakkablashmoqda. Aytilishicha¸ pulini olish uchun bankka kelganlarni “dollar yo‘q” degan asosda ikki-uch kunlab orqaga qaytarib yuborish ortidan¸ kunlab sovuqda navbat kutishdan charchaganlarga 5 dollardan 20 dollargacha “xizmat haqi” evaziga pulni tez olib beradiganlar paydo bo‘lgan.

Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilaëtgan pul egalari uni kunlab ololmasdan sarson bo‘lmoqda.

Joriy yil bahorida ko‘zga tashlangan bu muammo yangi yil yaqinlashib¸ mehnat muhojirlari vatanda qolgan yaqinlariga pul jo‘natishga kirishgan ayni kunlarda yana keskinlasha boshlagan ko‘rinadi.

Ozodlikka murojaat qilgan qo‘qonliklardan biri¸ Rossiyadan Western Union pul o‘tkazish tarmog‘i orqali yuborilgan pulni Hamkorbank va Kapital bankning Qo‘qon filiallaridan olish uchun yaqinlari kunlab navbat kutishga majbur bo‘lganini aytadi:

- Pulni birinchi borganda ololmasligingizga garantiya. Navbat juda katta. Pul yo‘q deydi¸ hali pul tushmadi¸ odam ko‘pligidan dollar tugab qoldi¸ deydi. Xullas bir bahona topadi. Western Unionga aytsak¸ pul 15 minutda o‘tgan¸ problema bizda emas¸ ularda¸ deydi. Qo‘qondagi Hamkorbank ham¸ Kapitalbank ham¸ qaysida Western Union, Zolotaya korona bo‘lsa¸ hammasida shu ahvol. Pulni ikki-uch kun ushlab o‘tiradigan bo‘lgan hammasi¸ deydi Rossiyada mehnat qilaëtgan muhojir.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ banklar oldida sun’iy ravishda navbat hosil qilish¸ odamlarga o‘z pulini berishni kechiktirish ortidan bank xodimlari orasida hojatbarorlar paydo bo‘lgan:

- Bankda hatto e’lon ëpishtirib qo‘yilgan hollari ham bor. 1000 dollarni tezroq olish uchun 20 dollar berasan¸ deb ëzib qo‘yganlar ham bo‘ldi. Masalan¸ hozir siz boringda¸ pulimni srochno olishim kerak¸ desangiz¸ sekingina chiqadida¸ oldingizga kelib¸ “Aka¸ 5 dollar bersangiz¸ hozir olasiz”¸ deydi. Besh dollarni so‘mga chaqadi¸ shuni bersangiz¸ pulingizni olasiz. Kamida 500-600 dollar yuborgan bo‘lsangiz¸ kami 5 dollar xizmat haqi berasiz. 3-4 ming yuborgan bo‘lsangiz¸ kamida qo‘liga 20-30 ming berasiz¸ bo‘lmasa rosa ovora qiladi¸ deydi qo‘qonlik muhojir.

Ozodlik bu shikoyat ortidan Qo‘qon shahridagi Kapital bank sho‘’balaridan biri bilan bog‘landi. Go‘shakni ko‘targan bank xodimi¸ bunday muammo yo‘qligiga ishontirishga urindi:

- Yo‘q-yo‘q¸ puldan hech qanaqa muammo yo‘q. Bugun ham¸ ilgarigi kun ham hamma kelib pulini olib ketdi. Agar qanaqadir muammo bo‘laëtgan bo‘lsa¸ rahbariyatga kelib uchrashishsin. Tashqarida navbat yo‘q¸ ichkaridayam ta’magirlik yo‘q. Shuncha yildan beri ishlayman¸ bunaqa muammo bo‘lgani yo‘q. Naoborot¸ klient pul jo‘natib¸ biz pul bersak bizga yaxshiku! O‘zimiz klient qidirb yuribmizku¸ dedi Qo‘qondagi bank xodimlaridan biri.

Ozodlikka murojaat qilgan muhojirlarni bankirning bu raddiyasi qanoatlantirmadi – “Sizga ular tan olarmidi? Shuning orqasidan pul qilishayaptiku!” degan suhbatdoshlardan biri¸ muhojir yuboraëtgan dollarni egalariga berishni paysalga solish orqali bank xodimlari va ularning huquq tizimidagi homiylarini “pulni aylantirib olaëtganlik”da aybladi:

- Mening qo‘limda aniq dalilim yo‘q afsuski. Lekin taxminimcha¸ bular Rossiyadan borgan dollarni 2-3 uch kun aylantirib¸ shundan daromad qilayapti. Pul yuborish kamaygani bilan baribir haliyam qancha dollar borayapti O‘zbekistonga. Shuni bir kun aylantirsa ham qancha pul qiladi bular! Masalan¸ kelgan dollarni qora bozorga tashlaydi – qimmatga sotib¸ arzonga oladida¸ o‘rtada pul qiladi. Yana banklarning boshqa sxemalari ham bo‘lsa kerak¸ deydi o‘zi yuboraëtgan pulni yaqinlari qishning kunida ololmay ovora bo‘laëtganidan xunob bo‘lgan muhojir.

Ozodlik suhbatlashgan ayrim kuzatuvchilar¸ muhojirning bunday taxminining asossiz emasligini aytmoqdalar. Keyingi oy ichida O‘zbekiston qora bozorida dollar narxining bir tushib¸ bir ko‘tarilganini sharhlagan mutaxassislar¸ bu jaraën ortida ob’ektiv iqtisodiy sabablardan ko‘ra ko‘proq qora bozorni manipulyatsiya qiluvchi qudratli guruhlar turganini aytadilar.

May oyida muhojirlar pul o‘tkazish tizimlari orqali O‘zbekistonga yuborgan dollarni chiqarib olish bilan yuzaga chiqqan muammoni sharhlagan bank tizimi rasmiylari¸ uni mamlakatda yuzaga kelgan valyuta taqchilligi bilan izohlagan edi.

Valyuta tushumining keskin kamayib ketgani sabab O‘zbekiston Markaziy banki jismoniy va yuridik shaxslar uchun valyutani rasmiy kurs bo‘yicha ayirboshlash operatsiyalarini ham vaqtincha to‘xtatib qo‘yishga majbur bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG