Линклар

O‘zbekistondagi asosan davlat tarafidan qo‘llab –quvvatlanadigan banklariga tashqi omillar bosimi kuchaygan.

Bu haqda Fitch reyting agentligi juma kuni e’lon qilgan hisobotda ta’kidlanadi.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodi tashqi o‘zgarishlarga ta’sirchan, chunki eksportda xomashyo mahsulotlari ustun turadi, tashqi moliya esa asosan O‘zbekistonning xorijda ishlayotgan fuqarolari mablag‘larining o‘tkazmalari hisobiga qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Davlatning yirik investitsiyalari tarafidan dastaklanuvchi O‘zbekiston bank sektorida barqarorlik kuzatilayotgan esa-da xom ashyo tovarlari, birinchi navbatda neftь va paxta narxlarining tushib ketishi, MDH davlatlaridagi iqtisodiy tushkunlik hamda Rossiyadan pul o‘tkazmalarining kamayishi O‘zbekiston iqtisodiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda, deyiladi Fitch reyting agentligi hisobotida.

Ayni paytda Rossiyadan O‘zbekistonga jo‘natilaëtgan pul egalari uni kunlab ololmasdan sarson bo‘lmoqda.

Joriy yil bahorida ko‘zga tashlangan bu muammo yangi yil yaqinlashib¸ mehnat muhojirlari vatanda qolgan yaqinlariga pul jo‘natishga kirishgan ayni kunlarda yana keskinlasha boshlagan.

XS
SM
MD
LG