Линклар

logo-print

AQShning Kolorado-Springs shahridagi Planned Parenthood oilani rejalash markazida politsiya va markazga bostirib kirgan noma’lum qurolli o‘rtasida kelib chiqqan otishmada uch odam nobud bo‘ldi.

AQShning Kolorado-Springs shahridagi Planned Parenthood oilani rejalash markazida politsiya va markazga bostirib kirgan noma’lum qurolli o‘rtasida kelib chiqqan otishmada uch odam nobud bo‘ldi.

Shahar meri Jon Suters juma kungi otishmada bir nafar politsiyachi va ikki odam halok bo‘lganini tasdiqladi.

Qurolli shaxs hujumni nima maqsadda sodir etgani ma’lum emas. Politsiya hujumchining voqea joyidan topilgan ashyolarini o‘rganmoqda.

Kolorado-Springs shahri Kolorado shtatida, Denver shahridan 100 kilometr janubda joylashgan.

Kolorado-Springsdagi oilani rejalash markazi Planned Parenthood hususiy shirkatiga qarashlidir.

Mazkur markazda homilador ayollarga tibbiy yordamlar, shuningdek homiladorlikni sun’iy to‘xtatish kabi hizmatlar ham ko‘rsatiladi.

So‘nggi paytlarda mazkur markaz abortga qarshi kurashayotgan konservativ dorialarning tanqidlari nishoniga aylangan edi.

XS
SM
MD
LG