Линклар

Toshkentdagi mahalla qo‘mitalari ro‘molini echmagan ayollarni jamoat joylarida ro‘molda yurish qonun bilan taqiqlanganidan ogohlantirib, so‘ngra ogohlantirilgani haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydirmoqda. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan Ozodlikka yo‘llangan hujjatda bu toifa ayollar "kiyinish madaniyatiga rioya etmayotgan xotin-qizlar" deb qayd etilgan. Rasmiylar ro‘yxatni rahbariyat talab qilayotganini aytmoqda.

Toshkentdagi mahalla qo‘mitalari ro‘molini echmagan ayollarni jamoat joylarida ro‘molda yurish qonun bilan taqiqlanganidan ogohlantirib, so‘ngra ogohlantirilgani haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ydirmoqda. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan Ozodlikka yo‘llangan hujjatda bu toifa ayollar "kiyinish madaniyatiga rioya etmayotgan xotin-qizlar" deb qayd etilgan. Rasmiylar ro‘yxatni rahbariyat talab qilayotganini aytmoqda.

Poytaxtning Shayxontohur va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridan yo‘llangan murojaatlarda mahalla qo‘mitalarining madaniy va ma’rifiy masalalar bo‘yicha mas’ullari ro‘molli ayollarni qaytadan ro‘yxatga ola boshlagani aytildi.

"Kuni kecha yaqinlarimizni chaqirishgan edi... Mahallada ma'naviy va ma'rifiy Ishlar bo'yicha mas'ul (ro'molni ich.ichidan yomon ko'radigan) opa ro'mol o'ramaslikka targ'ib qilib, ogohlantiruv qog'ozlariga Qo'l qo'ydiryapti. U yerda har doimgi eski gaplar. Ya'ni ro'mol o'ramanglar. Agar o'rasangizlar o'zilarga minus boladi va hokozo", deb yozdi ismini sir saqlagan shayxontohurlik ​manba.

U mahalla qo‘mitasiga keksa onasi bilan borgani va onasi yillardan buyon ro‘molni orqadan o‘rash haqida qilinayotgan ogohlantiruvlarning navbatdagisiga ham quloq solmaganini aytmoqda.

Natijada, onasiga O‘zbekistonda ro‘mol o‘rashning taqiqlanganiga dalil o‘laroq keltirilgan ikki qonundan parcha keltirilgan hujjatga imzo chekish so‘ralgan.

Hujjatda ​"Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning 14-moddasi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 184-modda, 1-qismi keltirilgan.

1998 yilda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi” deyilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 184-modda, 1-qismida: "Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi", deyilgan.

O‘zbekistonda ro‘mol o‘rash qonun bilan taqiqlangani konkret moddalar asosida tushuntirilsa-da, ro‘molini echishni istamagan ayollar nomi "Kiyinish madaniyatiga rioya etmayotgan xotin-qizlar jadvali"ga tirkalib, imzolar olinmoqda.

Ozodlik shu ish bilan shug‘ullanayotgan mahalla qo‘mitasi xodimlaridan biriga bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sayram mahallasida Ma’naviy-madaniy ishlar bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Zaynab ismli xodim ro‘molli ayollardan imzolar yig‘ilayotgani, ular bilan tushuntirish-ogohlantirish ishlari olib borilayotgani, ayollardan ro‘molni "o‘zbekona milliy rusumga mos tarzda orqadan o‘rash" so‘ralayotganini tasdiqladi. Ammo, bu ayollarning keyingi taqdiri nima bo‘ladi, imzolar kim uchun yig‘ilmoqda, kabi savollarga telefonda javob berishdan bosh tortdi.

Toshkentda ro‘molli ayollardan imzolar yig‘ilayotganiga oid xabarlarni tasdiqlagan huquq faoli Sur’at Ikromov bu kabi ayollarga biror bosim yoki tazyiq kuzatilmayotgani, ammo ularning yangilangan ro‘yxati O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalarida yig‘ilayotganini aytmoqda.

- Bizda ro‘molli ayollar mahalla qo‘mitalariga chaqirilayotgani haqida ma’lumotlar bor. Lekin ularga bosim bo‘layotgani haqida ma’lumot yo‘q. Ularni chaqirib, ro‘yxatga olib, ogohlantirib, keyin yuqoriga otchyot berishyapti - shunaqa-shunaqa ayollar bor, deb. Buning hammasi IGILga ("Islomiy davlat" - tahr.) qarshi qilinayapti. Hammasi bitta kampaniya doirasida ketayapti, - deydi O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.


O‘tgan haftada Toshkent shahar MXX kuzatuvi natijasida ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegramdagi avatarlariga o‘rangan suratini qo‘ygan va diniy mazmundagi sahifalarga kirgan kollej o‘quvchilaridan o‘ndan ortig‘i bilan prokuratura xodimlari suhbat o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi.

Ozodlikning Toshkent Pedagogika kasb-hunar kollejidagi manbalarining aytishicha, bu o‘quv yurti talabalari bilan “ijtimoiy tarmoqlardagi diniy radikalizmning zarari haqida” tarbiyaviy soat o‘tkazilgan. Ayni mazmundagi suhbatlar Chilonzor Tibbiyot kolleji va Parkentdagi Sanoat-iqtisodiët va Servis kasb-hunar kollejlarida ham o‘tkazilgan.

XS
SM
MD
LG