Линклар

logo-print

Xorazmning Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida yashovchi Berdiboy Yangiboev ikki farzandini pichoqlagan rafiqasi munosib jazolanishini talab etmoqda. Berdiboyning rafiqasi Dilnoza Hudoyberganova o‘tgan oyda 2 farzandini pichoqlagan. 7 yoshli qizi Shaxlo hayotdan ko‘z yumgan, 10 yoshli o‘g‘li Bozorboy og‘ir yaralangan edi.

Xorazmning Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ida yashovchi Berdiboy Yangiboev ikki farzandini pichoqlagan rafiqasi munosib jazolanishini talab etmoqda. Berdiboyning rafiqasi Dilnoza Hudoyberganova o‘tgan oyda 2 farzandini pichoqlagan. 7 yoshli qizi Shaxlo hayotdan ko‘z yumgan, 10 yoshli o‘g‘li Bozorboy og‘ir yaralangan edi.

Berdiboy Yangiboev Ozodlik bilan suhbatda qotillikda ayblanib, qamoqqa olingan rafiqasiga nisbatan eng og‘ir jazo berilishini istayotganini aytdi:

- Farzandimning qotilini hukumat jazolasin, eng og‘ir jazo belgilasin! Kichginagina qizimni o‘ldirdi. Xotinim qizimni o‘ldirgani uchun jazosini tortishi kerak. Uni ko‘rgani ko‘zim yo‘q. Qamoqxonaga ham bormadim, sudiga ham bormayman, - deydi Berdiboy.

Guvohlarga ko‘ra, ayol tergov payti ro‘zg‘or tebratishga qiynalgani sababli farzandlarini pichoqlaganini aytgan.

Lekin, Berdiboy Yangiboev rafiqasining iqtisodiy qiyinchilikdan nolishiga hech qanday asos bo‘lmagan, demoqda.

- O‘zini oyligini o‘zi olardi. Uyda hamma narsa bor, eguliklar etarli bo‘lsa! Meni o‘zim 350 ming so‘m, ayolim 250 ming so‘m olardi. Bundan tashqari, dehqonchilik qilamiz, ikkita teplitsamiz bor. Nimaga bunaqa qilganiga hammamiz hayron qoldik, - deydi Berdiboy.

Dilnoza Hudoyberganova G‘oybu qishlog‘idagi 15-sonli maktabda farrosh bo‘lib ishlar edi. Eri Berdiboy Yangiboev esa shu maktabda qorovul.

Berdiboy o‘g‘li Bozorboyning tirik qolganiga shukur qiladi:

- Hozir kasalxonadan chiqardik, shokda, qattiq qo‘rqqan, umuman gapirmayapti. Unga singlisi o‘lganini aytmayapmiz, - deydi Berdiboy.

Xorazmning ma’muriy markazi - Urganchdan 10 kilometr naridagi G‘oybu qishlog‘i viloyatdagi eng qashshoq aholi punktlaridandir. Mazkur qishloqda oilasida kimdir chetga mardikorlikka ketmagan xonadonlar juda kam.

O‘zbekistonda esa maishiy muammolar negizida bunday qotilliklar tez-tez ro‘y berib turibdi.

Shu yilning fevral oyida Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi 28 yashar ayol o‘z otasini bolta bilan chopib o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olingan edi.

U tergovda ham jinoyatni sodir etgan ayol oilaviy kelishmovchilik bois chiqqan janjal natijasida qotillikka qo‘l urganini aytgan.

Joriy yilning iyul oyida Samarqandning Bulung‘ur tumanidagi Pastki Qo‘shtamg‘ali qishlog‘ida ayol piyonista erini pichoqlab o‘ldirgani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG