Линклар

O‘zbekistonlik taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning «Yulduzlar xiyoboni» installyatsiyasi Berlindagi Kuhlhaus ko‘rgazmalar pavilьonida boshlangan tasviriy san’at festivali markaziy qismidan o‘rin oldi. Tadbirga taklif qilingan rassomga esa O‘zbekistonda yana chiqish vizasi berilmadi.

O‘zbekistonlik taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning «Yulduzlar xiyoboni» installyatsiyasi Berlindagi Kuhlhaus ko‘rgazmalar pavilьonida boshlangan tasviriy san’at festivali markaziy qismidan o‘rin oldi. Tadbirga taklif qilingan rassomga esa O‘zbekistonda yana chiqish vizasi berilmadi.

Rassom bir necha yildan beri chiqish vizasi berilmagani bois ko‘rgazmada ishtirok etmayapti.

Ko‘rgazma ochilishida gapirgan taniqli rassom Konstantin Zvezdochetov 67 yashar Vyacheslav Oxunovni “diktatura zindonida qolaëtgan rassom”, deya ta’rifladi.

​O‘zbek rassomining asarini taqdim qilaëtgan munaqqidlar uning ko‘rgazma bo‘laëtgan hududdan 6 ming kilometr uzoqdagi “Karimov dikaturasi hukm suraëtgan” mamlakatda ekanini tomoshabinlarga nemis¸ ingliz va ispan tillarida tushuntirishdi.

“Berlinda 23 dekabrga qadar davom etib, Hamburg, Bern va Drezdenda ham namoyish qilinadigan, 14 mamlakatdan 74 rassom ishtirok qilaëtgan bu obro‘li ko‘rgazma markazidan o‘rin olgan rassomning O‘zbekistondan chiqarilmagani sharmandalikdir”, dedi Ozodlik bilan suhbatda ko‘rgazma tashkilotchisi, san’atshunos Izabel de Sena.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ siësiy qarashlari va mamlakatning birinchi oilasini tanqid qilgani uchun erkin harakatlanish huquqidan mahrum qilingan rassomning asari tomoshabinlar diqqatini qozonmoqda.

Ushbu asarda rassom Hollivudning yulduzlar hiyobonidagi tasvirlarga ironiya tarzida Gulnora Karimova, Bashar Asad, Donald Tramp, Darig‘a Nazarboeva, Vladimir Putin va va boshqa zamonamizning taniqli qahramonlarini aks ettirgan.

Rassom o‘z asarida Hollivud xiyobonidan farqli, bu personajlar dunyoga hech bir ijobiy narsa bermagan, biroq korruptsiya, zo‘ravonlik, mas’uliyatsizlik va populizm rivojiga hissa qo‘shgan, deb ta’kidlaydi.

Ijodi bilan mamlakati iftixor qilishiga arziydigan o‘zbek rassomining o‘zi Ozodlik bilan suhbatda “hukumatni tanqid qilishdan tap tortmagani va ommadan farqli ravishda faol fuqarolik pozitsiyasida qolgani uchun "MXX" degan qora eskadron qasosiga nishon” bo‘lganini aytdi:

- Berlindagi ko‘rgazma ochilishiga ham, boshqa obro‘li ko‘rgazmalarga ham bor olganim yo‘q. Bir necha yildan beri menga chiqish vizasi berishni rad qilishgan. Ikki hafta oldin yana rad javobi berishdi. OVIR idorasini sudga berdim. Sud esa MXX qarori muhokama qilinmaydi, degan xulosa berdi. Sud o‘z qarori bilan "MXX", degan qora eskadronga odamlarni huquqidan mahrum qilish imkonini bermoqda. Shu bois, menko‘rgazmalarda faqat asarlarim bilangina ishtirok etyapman xolos.

Rassom Vyacheslav Oxunovni yaxshi bilganlar uning hukumatni tanqid qilishdan tap tortmaydigan dunëqarash sohibi ekanini bilishadi. Bu bilan u atrofidagi voqealarni sezmaslikka urinuvchi, ko‘rimsiz o‘zbek rassomlari massasidan ajralib turadi.

Oxunov asari markazdan o‘rin olgan ko‘rgazma o‘zlari yashayotgan mamlakatni his qiluvchi rassomlarning dolzarb mavzulardagi asarlarini tamsil qiladi.

Garchi, Vyacheslav Oxunov o‘z mamlakatidan chiqish huquqidan mahrum bo‘lsa-da, uning asarlari rassomni jazolayotgan hukumatni sharmanda qilaroq, butun dunyo bo‘ylab namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1948 yilda tug‘ilgan Oxunov Moskvadagi Surikov nomidagi Tasviriy san’at oliygohini bitirib kelib, O‘zbekistonda 80- yillarda yangi ijodiy to‘lqinga asos solgan.

XS
SM
MD
LG