Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:15

O‘zbekistonda OIT virusi yuqtirgan 32 ming 743 kishi bor

Orttirilgan immun taqchilligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash respublika markazi ochiqlagan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston bo‘ylab 2015 yilning 1 noyabrigacha Odam immun taqchilligi virusi (OITV) tashhisi qo‘yilgan 32743 bemor qayd etilgan, bulardan 57 foizi erkaklardir.

Aytilishicha, O‘zbekistonda har yili 100 ming kishidan 13 nafari yoki mamlakat bo‘ylab 4 ming kishi OITV yuqtiradi.

1 dekabr OITSga qarshi Xalqaro kurash kuni munosabati gazeta.uz sayti e’lon qilgan materialda OITS kasalligiga qarshi kurash respublika markazi direktori Nurmat Otabekovning mana bu gaplari keltirilgan:

“OITVga chalinganlarning to‘rtdan bir qismi mehnat muhojirlaridir. 2009 yildan buyon tekshiruvdan o‘tgan 316 ming mehnat muhojirining 609 nafarida OITV aniqlangan”, degan OITS kasalligiga qarshi kurash respublika markazi direktori.

XS
SM
MD
LG