Линклар

O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida xotini Rossiyaga ishlagani ketganidan g‘azab otiga mingan er, onasini muhojiratga jo‘natgan o‘g‘lini va ikki nabirasini otib qo‘ydi. O‘g‘il voqea joyida halok bo‘lgan, nevaralar esa og‘ir yaralanib, kasalxonada davolanmoqda.

O‘sh viloyatining O‘zgan shahrida xotini Rossiyaga ishlagani ketganidan g‘azab otiga mingan er, onasini muhojiratga jo‘natgan o‘g‘lini va ikki nabirasini otib qo‘ydi. O‘g‘il voqea joyida halok bo‘lgan, nevaralar esa og‘ir yaralanib, kasalxonada davolanmoqda.

O‘zganlik 48 yoshli ota 28 yoshli o‘g‘li Jo‘o‘darbek Qo‘chqo‘rbaevning qotiliga aylandi. Ota miltiqdan otgan o‘qdan o‘g‘il o‘sha zahoti halok bo‘lgan. Bu voqega guvoh bo‘lib turgan besh va ikki yoshli nevaralarga ham o‘q tegib, yaralangan. Norasidalarning hayotini shifokorlar saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

-O‘q oilaviy janjal ortidan otildi. O‘g‘ilni otgan ota xotini Rossiyaga ishlagani ketganini eshitib g‘azabga mingan. Uni bolalari pul topib, Rossiyaga jo‘natishgan ekan. Ota: “senlar onalaringga pul topib berdinglar, u Rossiyaga ketib qoldi”, deb katta janjal ko‘targan. Bu janjaldan qochishni istab, o‘g‘il oilasi bilan qaynonasinikiga ketayotganida, ota miltiqni olib chiqib o‘q uzgan, - dedi O‘sh viloyat milisiyasi rasmiysi Jenish Ashirbaev.

Unga ko‘ra, bu voqea 30 noyabr kuni sodir etilgan.

Bu fojeaviy voqeani sharhlar ekan, “Tashabbuskor tadbirkor ayollar” jamg‘armasi raisasi Avazxon O‘rmonova, mehnat muhojirligiga ketayotganlar asosan pul topish ilinjida ekanini, biroq bu ilinj ortidan katta ma’naviy va ahloqiy oqibatlar paydo bo‘layotgani deyarli hech kimni o‘ylantirmayotganidan afsusda ekanini aytdi:

- Ellik yoshdagi erkak xotinining parvarishiga juda muhtoj bo‘ladi. Rossiyaga ketgan ayol oilaviy sharoitini, moliyaviy vaziyatini yaxshilamoqchi bo‘lgandir. Lekin buning ortidan paydo bo‘ladigan ma’naviy oqibatlarga e’tibor qaratmagan. O‘n yildan beri muhojirlikda yurib, bolalarini ko‘rmagan ota-onalarni bilaman. Ularning farzandlari boshqa birovlarning qo‘lida tarbiyalanib, mehrdan mahrum bo‘lmoqda, - dedi Avazxon O‘rmonova.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, moliyaviy vaziyati yomonlashgani, mehnat muhojirligiga oilasi roziligisiz ketmoqchi bo‘lgani tufayli turli zo‘ravonliklarga uchrayotganlar soni ko‘payib bormoqda.

Masalan, o‘tgan yili Novqat tumanida bir odam o‘z otasini bolta bilan chopib o‘ldirgan. Qorasuv tumanida esa bir yigit xotinini o‘lguncha kaltaklab, keyin o‘zini o‘zi osib qo‘ygan.

Qirg‘iziston rasmiylari Qirg‘iziston aholisidan yarim milliondan ko‘prog‘i Rossiya va boshqa davlatlarda mehnat muhojirligida yurganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG